Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, tamoyillari, iqtisodiy va huquqiy manbalari Reja: 1. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi 2. Tadbirkorlik huquqining asosiy tamoyillari 3. Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy manbalari. 4. Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari. 5. Tadbirkorlik huquqiy munosabatlari. 1 . Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi O'zbekiston Respublikasining 200 yil 25 mayda qabul qilingan Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi Qonunining 3-moddasida quyidagi tahrirda bayon etiladi: Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik)-tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o'z mulkiy javobgarligi asosida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir. A) chunonchi, tadbirkorlik faoliyati ma'lum subyektlar tomonidan amalga oshiriladi. Ular kimlardan iborat bo'lishi mumkin? Bu savolga javob Qonunning 4-moddasida beriladi, ya'ni: Tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxs va jismoniy shaxslardir. Ushbu moddaga muvofiq har qanday yuridik shaxs yoki jismoniy shaxs tadbirkorlik faoliyatining subyekti bo'lavermaydi. Buning uchun ular belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan bo'lishlari kerak. Fuqarolik kodeksining 24-moddasiga muvofiq jismoniy shaxs, ya'ni Fuqaro yakka tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tgazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga haqlidir. Yuridik shaxs ham tadbirkorlik faoliyati subyekti bo'lib hisoblanishi uchun tegishli tartibda ro'yxatdan o'tgan, bunday faoliyatning muayyan turi bilan shug'ullanish uchun ruxsatnoma (litsenziya) olgan bo'lishi kerak. Shuning bilan birga tadbirkorlik faoliyati subyekti hisoblangan korxona yoki firma yuridik shaxs deb tan olinishi uchun FKning 44-moddasida nazarda tutilgan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilgan bo'lishi kerak. Tadbirkorlik faoliyati subyekti hisoblangan yuridik shaxs yoki fuqaro umuman olganda, mulk huquqi subyekti ham bo'lishi kerak, chunki uning faoliyati o'z mulkiy javobgarligi asosida amalga oshiriladi. Lekin tadbirkorlik faoliyati subyekti barcha hollarda mulk huquqi subyekti bo'lishi shart emas. Masalan, fuqaro tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirkorlik uning o'ziga tegishli yoki u tomonidan ijaraga olingan mol-mulk asosida amalga oshirilayotgan bo'lishi mumkin. Yuridik shaxs ham mol-mulkka nisbatan shunga o'xshash huquqqa ega bo'lishi mumkin. O'zi shaxsan mulk huquqi subyekti bo'lmagan yuridik shaxs (masalan, davlat korxonalari, firmalari, birlashmalari) tadbirkorlik faoliyatini davlat mulkiga asosan amalga oshiradi. Bunda ular davlat mulkiga nisbatan bo'lgan xo'jalik yuritish va operativ boshqarish huquqlaridan foydalanadilar. Xo'jalik yuritish huquqining tushunchasi va ushbu huquqqa ega bo'lgan yuridik shaxsning mulkiy huquq layoqati FKning 176, 177-moddalarida nazarda tutiladi. 176-moddaga muvofiq xo'jalik yuritish huquqiga ega bo'lgan yuridik shaxs unga biriktirilgan mol-mulkka mulk huquqi subyekti kabi egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Ushbu huquqqa ega bo'lgan tadbirkor o'z xohishi bilan qonunga zid kelmaydigan har qanday harakatlarni amalga oshiradi. Mulk huquqi subyekti bo'lmasdan, mol-mulkni operativ boshqarish huquqiga ega bo'lgan korxonalarning vakolatlari FKning 72, 178-moddalari bilan belgilanadi. Xo'jalik yuritish yoki operativ boshqarish ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
91.68 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
91.68 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: doc