Tadbirkorlik faoliyati uchun soliq undirishning huquqiy qoidalari

Tadbirkorlik faoliyati uchun soliq undirishning huquqiy qoidalari

O'quvchilarga / Huquq
Tadbirkorlik faoliyati uchun soliq undirishning huquqiy qoidalari - rasmi

Material tavsifi

Tadbirkorlik faoliyati uchun soliq undirishning huquqiy qoidalari Reja: 1. Tadbirkorlik faoliyati uchun soliq undirishning huquqiy asoslari. 2. Soliq tushunchasi, uning turlari va ular to'g'risidagi qonun hujjatlari. 3. Soliq to'lovchilarning huquq va burchlari. 4. Soliq to'lashni tekshirish natijalari bo'yicha tuziladigan akt. 5. Soliq qonunlarini buzganlik uchun javobgarlik. 6. Soliq organlari qarorlari ustidan shikoyat qilish tartibi. 1. Tadbirkorlik faoliyati uchun soliq undirishning huquqiy asoslari. Tadbirkorlik faoliyatida soliq va soliqqa tortish eng muhim masalalardan hisoblanadi. Ta'kidlash kerakki, bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida davlatning iqtisodiy vositalardan, xususan, soliqlardan davlat va tadbirkorlik subyektlari manfaatini ko'zlab samarali foydalanishini taqozo etadi. Soliqlar qadimiy moliyaviy vositalardan bo'lib, davlat bilan birga vujudga kelgan va davlat idoralari faoliyatini ta'minlash, davlat oldida turgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo'lgan moliyaviy resurslar manbai bo'lib xizmat qilib kelgan. Soliqlardan iqtisodiyotda bozor munosabatlarini qaror toptirishda eng muqim moliyaviy vosita sifatida keng foydalaniladi. Binobarin, tadbirkorlikning ustuvor yo'nalishlarini rag'batlantirish, muhim ijtimoiy muammolarni yechish uchun mablag'lar zarur. Shuning uchun soliqlar, roli va ahamiyati tobora oshmoqda. Davlat soliqlar orqali tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantiradi, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga yordam beradi, mahsulotlar, ishlar xizmatlarning hajmi ko'payishiga sharoit yaratadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining turmush darajasini yaxshilash, iste'mol bozorini barqarorlashtirish, O'zbekistonning iqtisodiy jihatdan jahon hamjamiyatiga qo'shilishi yuzasidan muhim qadamlar qo'yildi. Bu borada davlatning soliq siyosati, soliqlarning roli katta ahamiyatga ega bo'ldi. Iqtisodiy munosabatlar davrida soliqlar, yig'imlar va bojxona to'lovlarini o'z vaqtida hamda to'la amalga oshirish Respublika byudjetini vujudga keltirishda muhim rol o'ynaydi. Jahon hamjamiyati bizning mamlakatimizda olib borilayetgan iqtisodiy islohotlarni e'tibor bilan kuzatmoqda. Ushbu islohotlarning olib borilishi soliq siyosatini olib borilishiga, davlat soliq xizmati organlarini tashkillantirilishi va faoliyat ko'rsatishiga ham chambarchas bog'liqdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ta'kidlaganidek, «Respublikada shakllanayotgan soliq tizimi o'ziga juda katta e'tibor jalb qilmoqda. Barchamizga ayonki, soliqlar davlat va mahaliy byudjetlarni to'ldirishda asosiy manba hisoblanadi. Soliqlar xo'jalik faoliyatining barcha yo'nalishlarini o'ziga jalb qilish bilan birga, ular har bir sohaga va korxonaga alohida munosabatni ta'minlashi kerak. Men o'ylaymanki, soliqlarning oshirilishi na davlatga, na jamiyatga foyda keltirmasligini biz to'liq anglab olishimiz lozim. Soliqlar daromadning bir qismini qamrab olishidan tashqari, ular har tomonlama xalq xo'jaligi va aholiga kerakli bo'lgan mahsulot va tovarlarni ko'proq va yaxshiroq ishlab chiqaraman, degan tashkilotlar va fuqarolarni rag'batlantirishi lozim». Kezi kelganda shuni ta'kidlash lozimki, bu sohadagi islohotlarning asosiy maqsadi, soliqlarni ixchamlashtirish, ularni osonlashtirish va rag'batlantirish kuchini oshirishdan iborat. Birinchi tamoyil - korxonalardan soliqlar yukini kamaytirib borish, ularga ishlab chiqarishni rivojlantirish, investitsiyalarga ega bo'lish, yangi texnologiyalar o'rnatish, korxonalarni texnik jihatdan qayta jihozlash, kadrlar malakasini oshirish imkoniyatlariga ega bo'lishlari uchun real shart-sharoit yaratish. Ikkinchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.81 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.81 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga