Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari - rasmi

Material tavsifi

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ushbu faoliyat subyektlari, avvalo, davlat ro'yxatidan o'tishlari shart. Davlat ro'yxatidan o'tmasdan turib hech bir subyekt, shaxs tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi mumkin emas. Agar ular biron faoliyat bilan shug'ullansa, u qonunga zid faoliyat hisoblanadi va qonunda belgulangan tartibda javobgar bo'ladi. Shu sababli har bir tadbirkor shaxs tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug'ullanmasin, albatta davlat ro'yxatidan o'tishi va ma'lum bir faoliyat bilan shug'ullanishga hakli ekanligi xususida ruxsatnoma olgan bo'lishi lozim. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tegishli davlat idorasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. Maglumki tadbirkorlik faoliyati yurvdik shaxs tashkil etgan hodda va yuridik shaxs tashkil etmasdan yakka tartibda olib borilishi mumkin. Agar yuridik shaxs tashkil etilgsn holda tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan bo'lsa ta'sischilar konferensiyasi chaqirilib ta'sis shartnomasi tuzilishi, shu yig'ilishda yuridik shaxs ustavi qabul qilinishi va boshqa hujjatlar, ya'ni ushbu korxonaning muxri, bosqi namunasi ariza bilan qo'shib topshiradi. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro'yxatidan o'tkazishda, avvalo, jismoniy shaxsni ro'yxatdan o'tkazishda yig'im to'langanligi to'g'risvdagi hujjat arizasiga qo'shib topshirilishi va arizada qonuniy faoliyat turi bilan shug'ullanishi va uning muddati ko'rsatilgan bo'lishi lozim. Ariza berilgan paytdan boshlab uch kun muddat ichida ro'yxatga olinadi va unga arizasida ko'rsatilgan faoliyat turi bilan shug'ullanishga haqli ekanligi xususida guvohnoma beriladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik davlat ro'yxatidan o'tkazilganidan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq idoralarida va O'zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta'minot Vazirligi huzuridagi nafaqa fovdi idoralarida hisobga qo'yish uchun asos bo'ladi. Ro'yxatdan o'tganlik yig'imi stavkasining eng yuqori miqsori O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ro'yxatdan o'tganlik yigami miqdorlari va uni to'lash bo'yicha imtiyozlar berish mahalliy davlat hokimiyati idoralari tomonidan belgilanadi. Tadbirkorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish, agar ro'yxatdan o'tkazilishi lozim bo'lgan subyektlar yakka tartibdagi tadbirkor-jismoniy shaxs yoki nodavlat tashkyloti shaklidagi xususiy korxona bo'lsa ular tuman hokimiyatiga murojaat etadi, agar davlatga qarashli yuridik shaxs bo'lsa, tegishli davlat idorasiga murojaat etishi lozim. Ro'yxatdan o'tkazuvchi organlar ariza beruvchiGa tadbirkorlik faoliyati subyekti tariqasida davlat ro'yxatidan o'tkazishni, uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas, degan vaj bilan rad etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutshshagan qo'shimcha talablarni belgilashga haqli emas. Barcha talablarga aniq amal qilingan holda yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro'yxatidan o'tkaziladi, aksincha bo'lsa, rad etish haqida qaror qabul kdelinadi. Davlat ro'yxatidan o'tkazish rad etilgan qaror qabul qilingan bo'lsa, jismoniy shaxs bu hakda uch kun ichida yozma shaklda xabardor kdlinadi. Agar tadbirkor o'zini davlat ro'yxatidan o'tkazish asossiz rad etilgan deb hisoblasa, bu haqda sudga shikoyat qilishi mumkin. Bundan tashqari tadbirkorni davlat ro'yxatiga olish uchun belgilangan muddat uzrsiz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.95 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.95 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga