Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda statistik hisobot va buxgalteriya hisobining huquqiy asoslari Reja: 1. Statistik hisobot tushunchasi, mohiyati va ahamiyati. 2. Statistik hisobot yuritish tartibi va javobgarlik. 3. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va ahamiyati. 4. Buxgalteriya hisobi huquqiy asoslari va buxgalteriya hisobi yuritish tartibi. 5. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik. 1. Statistik hisobot tushunchasi, mohiyati va ahamiyati. Statistik ma'lumotlarga qaraganda . Ko'pincha u yoki bu davralarda, anjumanlarda, tahliliy chiqishlarda ushbu iboradan foydalanamiz. Ushbu ma'lumotlar bizga soha yuzasidan, uning ahvoli yuzasidan muayyan xulosalar chiqarish, turdoshi bilan qiyoslash, taqqoslash imkonini beradi. Bu yuzasidan biz kelgusidagi faoliyatimizda ayrim yo'nalishlarni, ko'rsatkichlarni chamalab olamiz. Mana, masalan, quyidagi statistik ma'lumotlarlarga etibor beraylik. Mamlakatimizda 2001 yilning dastlabki olti oyi mobaynida o'tgan yilning dastlabki olti oyiga nisbatan yalpi ichki mahsulot (YaIM) 4,2 foiz o'sdi, davlat byudjetining tushumlar va xarajatlar bo'yicha ko'rsatkichlari mo'ljaldagidek bo'ldi. Byudjet taqchilligi YaIMga nisbatan 0,4 foizdan oshmadi, tashqi savdo hajmi 3,3 foiz ortdi va undagi ijobiy farq 76,6 million AQSH dollarini tashkil etdi, aholi daromadlari 19,3 foiz ko'paydi[1]. Yoki, kichik va o'rta biznes natijalari mamlakatimizda statistik ma'lumotlarga ko'ra, xususan, agar 1991 yilda bu sohaning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi atigi 1,5 foiz bo'lgan bo'lsa, 200 yil natijalariga ko'ra, bu ko'rsatkich 31 foizni tashkil etdi[2]. Yana statistik ma'lumotlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, agar mustaqillikkacha sobiq Ittifoqda 190 dan ortiq egizaklar( muallif qo'shma korxonalar demoqchi - M.B.) mavjud bo'lgan bo'lsa, shundan atigi 2 tasigina O'zbekistonda edi[3]. Qayd etilganlardan statistikaning mohiyati va ahamiyatini anglash mumkin. Boshqacha aytganda, statistika xalq xo'jaliginig, turmushimizning, kundalik rejalarimizning yakuni aks etgan ko'zgudir. Statistik hisobotning tuzilishi, yuritilishi bir qancha vazifalarni bajaradi. U birinchidan, raqamlarda aks etgan iqtisodiy ko'rsatkichlarimizning o'ziga xos tahlilidir. Tabiiyki, bu tahlillar bizning ijobiy va salbiy, ilg'or va qoloq jihatlarimizni yuzaga chiqaradi. Shunday ekan, bu yerdan statistik hisobotga qo'yiladigan birinchi talab kelib chiqadi. U aniq, xolisona, tezkor va barqaror, to'la-to'kis yuritilishi kerak. Ikkinchidan, o'z-o'zidan olingan ma'lumotlar bizni, xo'jalik yurituvchi subyektlarni yangidan-yangi ishlarga, faoliyatni kengaytirishga yoki tubdan o'zgartirishga safarbar qiladi. Mana, masalan, olib borilgan izchil islohotlar tufayli Respublikamizda o'tgan yilning boshiga kelib, 3,5 mingdan ziyod qo'shma korxonalar ro'yxatdan o'tdi. Ulardan aksariyati bevosita faoliyat yurgizib, 267 milliard so'mlik mahsulot va xizmatlarni yaratdilar[4]. Uchinchidan, olingan ma'lumotlar pirovardida aholi turmush darajasining ko'zgusidir. To'g'ri, biz uchun miqdor o'zgarishlaridan ko'ra, sifat o'zgarishlari muhim, ustuvor. Ammo ochig'ini aytganda, o'sha siam egizaklari misolidagi Uzdunrobitaning (o'zbek uyali telefon aloqasining qaldirg'ochi) faoliyati tahsinga sazovor. Ammo biz bu bilan cheklanib qolsak, sohada monopolizm kurtak otib, qarabsizki, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.96 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.96 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: doc