Tadbirkorlik faoliyatini davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlarini himoya qilish Reja: 1. Tadbirkorlik faoliyatini davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash 2. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqdarini himoya qilish Tadbirkorlik faoliyatini davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash Tadbirkorlik qaysi shaklda olib borilishidan qatiy nazar, u davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Davlat tomonidan tadbirkorlik faoliyatining qo'llab-quvvatlanishi turli shakllarda va usullarda olib boriladi. Jumladan, tadbirkorlik faoliyati eng avvalo davlat boshqaruv organlari tomonidan ularning vakolati doirasida amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'grisida»gi qonunining 41-moddasida davlat boshqaruv organlarining tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash sohasida faoliyati ko'rsatib o'gilgan. Bu moddada belgilanishicha, davlat boshqaruv idoralari o'z vakolatlari doirasida quyidagilarni amalga oshiradi: - tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirilishi ustidan monitoringai, mavjud muammolarni o'rganishni hamda tadbirkorlikni huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaragalgan normativ hujjatlarni takomillashtirishni; - tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlaydi; - tadbirkorlik faoliyati subyektlariga moliyaviy, moddiy-texnika va axborot resurslaridan erkin foydalanishda ko'maklashadi; - tadbirkorlik faoliyati subyektlari o'rtasida axborot va tushuntirish ishlarini, konsalting, lizing, sug'o'rta va boshqa xil xizmatlar tizimi rivojlantirilishini tashkil etadi; - tadbirkorlik faoliyati subyektlariga kadrlarni tayyorlashda, qayga tayyorlashda va ularning malakasini oshirishda ko'maklashadi; - tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni. Tadbirkorlik faoliyatini davlat boshqaruv idoralari tomonidan qo'llab-quvvatlashda eng avvalo tadbirkorlarga moliyaviy jihatdan ko'maklashish bilan birga chet el investitsiyalarini jalb etishda yordam ko'rsatadi. Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash usullaridan biri chet eldan zamonaviy ixcham texnikalarni va uskunalarni Respublikamizga keltirib, ulardan unumli foydalanishni tashkil etishdan iborat. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni zarur huquqiy, iqgisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa axborot. ir bilan ta'minlash, zooveterinariya xizmati ko'rsatilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, shuningdek soliqlar, yig'imlar va ta'riflar bo'yicha imtiyozlar belgilash orqali, qonunga muvofiq boshqa shakllarda tadbirkorlik faoliyati ragbatlangirilmoqsa. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan ragbatlantirilishi O'zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonunining 43-modsasiga ko'ra, tadbirkorlikni rivojlantirish dasturini yuzaga chiqarish yo'li bilan amalga oshiriladi. Tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini yuzaga chiqarishga tadbirkorlikning me'yoriy-huquqiy asosini takomillashtirish, ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish iqgisodiy rag'batlantirish choralari, shuningdek huquqiy, axborot, konsalting, lizkng va boshqa xizmatlarni riyujlangarish nazarda tutiladi. Tadbirkorlikni rag'batlantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari alohida rol o'ynaydi! Chunki tadbirkorlik mahalliy joylarda qancha rivojlansa, o'sha joyning aholisi shuncha moddiy manfaatdor bo'ladi. Shu sababli mahalliy davlat hokimiyati idoralari o'z hududida tadbirkorlikni rivojlantirish va ragbatlangirish sohasida alohida vakolatlarga ega bo'ladi. Jumladan, mahalliy davlat hokimiyati idoralari tadbirkorlikni rag'batlantirish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy dasturini yaratadi va uni yuzaga chiqaradi, tadbirkorlar faoliyatini himoya qilishning qo'shimcha kafolatlari va choralarini belgilaydi. Mahalliy davlat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.93 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.93 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: doc