Tadbirkorlik faoliyatining obyekti sifatida mulk

Tadbirkorlik faoliyatining obyekti sifatida mulk

O'quvchilarga / Huquq
Tadbirkorlik faoliyatining obyekti sifatida mulk - rasmi

Material tavsifi

Tadbirkorlik faoliyatining obyekti sifatida mulk Reja: 1. Tadbirkor egaligidagi mulkning tarkibiy qismi va uning huquqiy holati 2. Tadbirkor mulk huquqini himoya qilish tartibi va usullari. 3. Tadbirkorlarning intellektual mulk obyektlaridan foydalanishining o'ziga xos xususiyatlari. 4. Pul va pul majburiyatlari. 5. Qimmatli qog'ozlar tushunchasi va turlari 6. Qimmatli qog'ozlar muomalasi va bozorlarning turlari. 7 . Investitsiya institutlari. 1. Tadbirkor egaligidagi mulkning tarkibiy qismi va uning huquqiy holati Mulkchilikning turli shakllariga asoslangan bozor iqtisodiyotiga o'tishda xo'jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni turli xil shakl va usullarda amalga oshirishi muhim ahamiyatga ega. Ular ichida tadbirkorlik faoliyati tufayli mulkchilik huquqiy munosabatlari shakllanib, mulkdorga daromad keltiradi. o'arb iqtisodida «tadbirkorlik» tushunchasi XVII asrda paydo, bo'lib, u ko'pincha «mulkdor» iborasi bilan bir xilda tushunilgan. Xususan A.Smit tadbirkorni foyda olish uchun qandaydir tijorat g'oyasini amalga oshirish maqsadini ko'zlab tavakkalchilik bilan ish ko'ruvchi mulkdor, deb xarakterlaydi.[1] Bu fikrga to'liq qo'shilib bo'lmasa-da, unda ma'lum darajada asos bor. Chunki tadbirkor dastavval o'z mulkiga asoslanib, faoliyat olib boradi. Har qanday jamiyatning iqtisodiy asosini mulkiy munosabatlar tashkil etadi. Mulk iqtisodiy kategoriya bo'lib, jamiyatning bazisini tashkil etadi. Mulk birlamchidir. Mulk moddiy ne'matlarni o'zlashtirib olishning yuridik shakli sifatida jamiyatga katta ta'sir ko'rsatadi. Huquq esa, mulkni iqtisodiy munosabatlarda yuridik mustahkamlaydi. Mulkning o'zi nima? Bu savolga javob topishdan oldin mulkchilik munosabatlariga qisqacha to'xtalib, uni tavsiflab berish o'rinlidir. Birinchidan, bu muayyan ishlab chiqarish munosabatlari, (ya'ni, ishlab chiqarish jarayonida odamlar o'rtasida vujudga keladigan, uning dastlabki sharti va natijasining munosabatidir. Ikkinchidan, odamlarning moddiy ne'matlarini, eng avvalo ishlab chiqarish vositalarini (uning shart-sharoitlarini), shuningdek ishlab chiqarish faoliyati natijalarini bevosita o'zlashtirib olish sohasidagi iqtisodiy munosabatlaridir. Uchinchidan, mazkur munosabatlarning mohiyati moddiy ne'matlarning muayyan shaxslar yoki ularning jamoalari tomonidan o'zlashtirib olinganligi va o'z ixtiyoriga o'tkazib olganligi holatidan iboratdir. Mulkchilik munosabatlaridan kelib chiqib, mulk ham bir necha ma'nolarda qo'llaniladi. Birinchidan, mulk-tabiat boyliklarini hamda ishlab chiqarish faoliyati natijalarini shaxslar tomonidan o'zlashtirishning ijtimoiy shakli; ikkinchidan, mulk biror ashyoga nisbatan shaxslar o'rtasida bo'ladigan o'zaro munosabatlarning natijasi; uchinchidan, mulk muayyan shaxsga tegishli bo'lgan ayrim ashyolar yoki munosabatlarning negizini tashkil etuvchi mulkchilik munosabatlarini muhofaza qilish va uni mustahkamlashga qaratilgan normalardan iboratdir. Mulkchilik munosabatlarining huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan (36, 53-55 moddalar). Konstitutsiyaning 53-moddasiga ko'ra, «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan, O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi». Davlat iste'molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Mulkchilik munosabatlarini huquqiy tartibga solish Fuqarolik kodeksida ham mustahkamlangan. O'zbekiston Respublikasi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 115.11 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 115.11 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga