Tadbirkorlik faoliyatining subyektlari

Tadbirkorlik faoliyatining subyektlari

O'quvchilarga / Huquq
Tadbirkorlik faoliyatining subyektlari - rasmi

Material tavsifi

Tadbirkorlik faoliyatining subyektlari Reja: 1. Tadbirkorlik faoliyatining subyekti sifatida fuqarolar 2. Davlat, kooperativ va boshqa korxonalarning mehnat jamoasi tuzgan jamoa tadbirkorlari, tadbirkorlik faoliyatining subyekti bo'lishligi 3. Kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlari 4. Xususiy korxonalar va birlashmalar tadbirkorlik faoliyatining subyekti TADBIRKORLIK FAOLIYaTINING SUB'YeKTLARI Tadbirkorlik faoliyatining subyektlari deganda belgalangan tartibda ro'yxatdan o'ggan yoki xususiy tadbirkor sifatida ro'yxatga olinib, faoliyat yuritishga ruxsat etilgan, o'ziga xos mulkka ega bo'lgan, o'z nomidan mulkiy va mulkiy bo'lmagan huquklarga hamda majburiyatlarga ega bo'la oladigan, sudtsa xo'jalik sudida mustaqil da'vogar yoki javobgar bo'la oladigan jismoniy va yuridik shaxslar tushuniladi. Tadbirkorlik bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'la oladigan subyektlar O'zbekiston Respublikasining Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonunning 4-moddasida belgalab berilgan. Unga ko'ra tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jmsmoniy shaxslardir. Davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari ularning mansabdor shaxslari, shuningdektadbirkorlikfaoliyati bilan shug'ullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyatining subyektlari bo'lishlari mumkin emas. 1. Tadbirkorlik faoliyatining subyekti sifatida fuqarolar O'zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonuni va boshqa qonunlarda belgilanganidek, tadbirkorlik faoliyatining subyektlaridan biri fuqarolardir. Fuqarolar tadbirkorlik faoliyatining subyekti hisoblanishi O'zbekiston Respubli-kasining 200 yil 25 mayda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi qonunida belgilab berilgan. Ushbu qonunning 5-moddasida ko'rsatib o'tilganidek, yuridik shaxs tashkil etmay ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan jismoniy shaxslar kichik va o'rta tadbirkorlik subyekti bo'lib hisoblanadilar. Fuqarolar, chet el fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilak shug'ullanishlari uchun huquqqa va muomala layoqatiga ega bo'lishlari shart. Fuqarolarning, yani jismoniy shaxslarning huquq layoqati u tug'ilgan paytdan etiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi. Huquq layokatining mazmuniga ko'ra, «fuqarolar, mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo'lishlari; mol-mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldirishlari; bankda jamg'armalarga ega bo'lishlari; tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo'jaligi bilan hamda qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyat bilan shurullanishlari; yollanma mehnatdan foydalanishlari; yuridik shaxslar tashkil etishlari; bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda ishtirok etishlari; etkazilgan zararning to'lanishini talab qilishlari; mashg'ulot turini va yashash joyini tanlashlari; fan, adabiyot va san'at asarlarining, ixtironing, qonun bilan muhofazalanadigan boshqa intellektual faliyat natijalarining muallifi huquqiga ega bo'lishlari mumkin» (O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 18-modda). Ana shu huquq layoqatiningdeyarli barchasi tadbirkor fuqarolarga ham taallukli. Tadbirkor fuqarolar huquq layoqatidan to'liq foydalana olishlari uchun, albatga muomala layoqatiga ega bo'lishlari shart. Hech bir kishi muomala layoqatiga ega bo'lmay turib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullana olmaydi. Fuqarolarning muomala layoqati deganda, ularning ongli harakatlari bilan o'zlariga huquq va burch keltirib chiqara olish layoqati tushuniladi. Muomala layoqati huquq layoqatidan farqlanadi. «Muomala layoqatining huquq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.74 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.74 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga