Tadbirkorlik huquqi subyektlari va ularning huquqiy holati

Tadbirkorlik huquqi subyektlari va ularning huquqiy holati

O'quvchilarga / Huquq
Tadbirkorlik huquqi subyektlari va ularning huquqiy holati - rasmi

Material tavsifi

Tadbirkorlik huquqi subyektlari va ularning huquqiy holati Reja: 1. Fuqarolar va ularning huquq layoqati haqida umumiy tushuncha. 2. Tadbirkorlik huquqi subyekti sifatida korxonalarning huquqiy holati 3. Tadbirkorlik huquqi subyekti sifatida korxonalar uyushma (ittifoq) va o'zga birlashmalari hamda ular sho'balari, filial, vakolatxona va bo'limlarining huquqiy holati 4. Yuridik shaxs tashkil qilmasdan tadbirkorlik bilan shug'ullanuvchi subyektlar faoliyatini amalga oshirish tartibi va asoslari. 5. Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi subyektlarning turlari va ularning huquqiy maqomi 6. Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi subyektlar faoliyatini to'xtatish tartibi va ular javobgarligining asoslari 1. Fuqarolar va ularning huquq layoqati haqida umumiy tushuncha. Tadbirkorlik huquqining subyektlaridan biri bo'lib, tadbirkorlik huquqiy layoqatiga ega bo'lgan fuqarolar (jismoniy shaxslar) hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan biri sifatida belgilangan tartibda bunday faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo'lgan (jismoniy shaxs) fuqarolarning huquq layoqati mohiyati va mazmunini tushunib olish muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqaroning tadbirkorlik huquqi subyekti ekanligi o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, ular belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tib, bunday maqomni olgandan so'ng ularning tadbirkorlik huquqi subyekti vujudga keladi. Tadbirkorlik huquq subyektligi bevosita fuqaroning huquq layoqati bilan chambarchas bog'liqdir. Shu sababli tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqiy maqomini yoritib berish maqsadida fuqarolar huquq layoqati haqida umumiy tushunchadan voqif bo'lish muhim ahamiyatga egadir. Bu haqdagi umumiy tushunchadan xabardor bo'lish tadbirkorlik huquq subyekti o'ziga xosligini tushunib olishga ham yordam beradi. Fuqarolarning huquqiy munosabatlarda qatnashishining umumiy huquqiy shartlaridan birini ularning huquq va muomala layoqatiga ega bo'lishlari tashkil etadi. Huquq layoqati fuqarolarning huquq va burchlarga ega bo'lish layoqati demakdir. Huquq layoqati barcha huquqlarning bir butun yig'indisi emas, balki fuqarolarning huquq va majburiyatlarni o'z zimmalariga olishining huquqiy asosidan iboratdir. Bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatining subyekti sifatida fuqarolarning huquq layoqati mazmunan boyitilmoqda[1]. Tadbirkor fuqaroning huquqiy layoqati O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida o'z ifodasini topgan. Tadbirkorlik subyektlarining huquqiy layoqatini belgilashda ayniqsa, Fuqarolik kodeksining ahamiyati beqiyosdir. Malumki, jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda turli huquqiy munosabatlar vujudga keladi. Tadbirkor subyekt sifatida qatnashadigan munosabatlar o'zining mohiyatiga ko'ra, tadbirkorlik huquqiy munosabatlaridan iboratdir. Bu huquqiy munosabat bevosita daromad (foyda) olishga qaratilgan bo'lib, tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o'z mulkiy javobgarligi ostida tashabbuskor faoliyat tufayli vujudga keladi[2]. Fuqarolik kodeksining 16-moddasiga asosan, fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda O'zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tushuniladi. Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning mazmuni ularning huquq layoqati asosida ochib beriladi[3]. Fuqarolik kodeksining 17-moddasiga binoan barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega bo'lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda etirof etiladi. Fuqarolar huquqiy layoqatining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.3 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.3 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga