Tadbirkorlik huquqi tushunchasi, uning asosiy tamoyillari va bozor munosabatlarini shakllantirishdagi ahamiyati

Tadbirkorlik huquqi tushunchasi, uning asosiy tamoyillari va bozor munosabatlarini shakllantirishdagi ahamiyati

O'quvchilarga / Huquq
Tadbirkorlik huquqi tushunchasi, uning asosiy tamoyillari va bozor munosabatlarini shakllantirishdagi ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Tadbirkorlik huquqi tushunchasi, uning asosiy tamoyillari va bozor munosabatlarini shakllantirishdagi ahamiyati Reja: 1. Tadbirkorlik huquqi tushunchasi 2. Tadbirkorlik huquqining asosiy tamoyillari 3. Bozor munosabatlarini rivojlantirish va shakllantirishda tadbirkorlikning ahamiyati 4. Tadbirkorlik huquqining turdosh huquqlar - xo'jalik, fuqarolik, ma'muriy huquqlardan farqi Tadbirkorlik huquqi tushunchasi O'zbek xalqining azaliy orzusi ushalib, u ham siyosiy, ham huquqiy sohada mutlaqo mustaqil bo'ldi. Endigi vazifa iqgisodiy sohada ham to'liq mustaqillikka erishishdir. Buni amalga oshirish uchun asosiy e'tiborni bozor iqgisodiyoti munosabatlarini shakllantirishga qaratish lozimdir. Bizning bozor munosabatlariga o'tish modelimiz, - deb yozgan edi Prezidentimiz I. A. Karimov, - Respublikaning o'ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an'analar, urf-odatlar, turmush tarzining har tomonlama hisobga olishga, o'tmishdagi iqgisodiyotni bir yoklama, beso'naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi1. Ha, bozor munosabatlariga o'z modelimiz orqali o'tib bormoqdamiz. Bu jarayon Prezidentimiz rahbarligida sobitqadamlik, tinchlik, barqarorlikni saqiash va milliy xavfsizliknita'minlash, Respublikamizning siyosiy, iqgisodiy hayotini, ijtimoiy sohalarini chuqur isloh qilish va yangilash asosida amalga oshirilyapgi. Ma'lumki, bozor iqtisodiyotining mohiyati har bir fuqaroning ijodiy va mehnat faoliyatini takomillashtirish, boqimandalikka xotima berish, tashabbuskorlik va tadbir-korlikni rivojlantirish, mulkka egalik tuyg'usiny kuchayti-rish, unga ishlab chiqarishga bo'lgan hukmronlik hissini singdirish, ishlab chiqarishni iste'molchi manfaatiga bo'ysundirish, ularning mahsulotga bo'lgan talabini aniq hisobga olib, shunga yarasha tezlik bilan ish tutish, xo'jaliqsa tejamkorlikka erishish, xarajatlarni kamaytirish, talon-toroj va suiiste'molchilikka qarshi kurash, yangiliklarga nisbatan sezgir bo'lish va fan-texnikaning so'nggi yutuqlarini dadil va g'ayrat bilan joriy etishdan iborat. Mana shular hayogga tadbiq etilgandagina xalqimiz har qanday iqgisodiy tanglikdan tezroq chiqib olishi va farovon hayot kechirishi uchun imkoniyat yaratiladi. Endilikda bozor iqgisodiyoti turli xizmatlar ko'rsatish, tovarlar iishab chiqarish, ularni ayirboshlash munosabatla-rining barcha soxdarini borgan sari keng qamrab olmoqda. Bu jarayon o'z navbatida har bir fuqarodan tadbirkorlik bilan ish ko'rishni, tadbirkor faoliyatini tobora rivojlantirib borishni taqozo etmokda. Tadbirkor - biznesmenlik faoliyati asosan XVII asrda paydo bo'lib, ko'pincha mulkdor degan tushuncha bilan teng anglangan. Xususan, A. Smit biznesmenni foyda olish uchun biron bir tijorat g'oyasini amalga oshirish maqsadida tavak-kalchilik bilan ish ko'ruvchi mulkdor, deb ta'riflaydi. Tadbirkorning barcha harakatlari asosan bozor imkoniyat-larini tahlil qilish, undan foydalanish, novatorlik g'oyalarini amalga oshirishdan iborat bo'ldi. G'arbda biznesga foyda olish maqsadini ko'zlab, xo'jalik yuritish san'ati, ijodkorlik, tashabbusning erkin namoyon bo'lishi, navatorlik, xavf-xatarga doim taiyor turish kabi ko'p qirrali faoliyat deb qaraladi. Bizning tafakkurimizda ham tadbirkorlikka nisbatan shu singari tushuncha paydo bo'lmoqsa. Tadbirkorlik bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan shaxslardan mahorat, zehn, aql va xushyorlik talab egiladi va bu xislatlar muhim ahamiyat kasb etadi, albatta. Shu ma'noda tadbirkorlik foyda olish maqsadidagi mustaqil faoliyat sifatida ta'riflanadi. Umuman tadbirkorlikka va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 55.27 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 55.27 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga