Tadbirkorlik sohasida majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash usullari Reja: 1. Majburiyatlarning lozim darajada bajarilishining ahamiyati. 2. Majburiyatlarning bajarilishini ta'minlashga oid umumiy qoidalar. 3. Neustoyka, uning shakllari va qo'llanishi. 4. Garov, uning tushunchasi va vujudga kelish asoslari. 5. Kafillik shartnomasi, uning tushunchasi va qo'llanish shartlari. 6. Kafolat, uning tushunchasi, qo'llanish asoslari va shartlari. 7. Zakalat, uning tushunchasi va qo'llanilishi. 1. Majburiyatlarning lozim darajada bajarilishining ahamiyati. Bozor munosabatlari tizimida majburiyatlarni lozim darajada bajarish jamiyat manfaatlari hamda uning tobora o'sib borayotgan moddiy va ma'naviy talablarini qondirishga qaratilgandir. Tadbirkorlik sohasida shartnomaviy aloqadorliklarning vujudga kelishi va ularni qonunlarda ko'rsatilgan tartib-qoidalarga hamda o'zlari tuzgan shartnomalarga rioya qilish va ularni lozim darajada bajarishga hamda shartnomaviy munosabatlarning prinsiplariga amal qilishga ham bog'liqdir. Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning asosii prinsiplari nimalardan iborat deganda: - ular bilan bo'ladigan xo'jalik shartnomalarining erkinligi; - shartnomadan taraflarning o'zaro manfaatdorligi; - shartnoma intizomiga rioya etish; - taraflarning o'zaro mulkiy javobgarligi va boshqalar. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan subyektlar harakatdagi qonun hujjatlarga zid bo'lmagan kelishuvlardan foydalanishi mumkin. Fuqaro yakka tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazilgandan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga haqlidir yoki bo'lmasam yuridik shaxs tashkil etmasdan yuqoridagi holat talablarni buzgan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqaro tuzgan bitimlar xususida o'zining tadbirkor emasligini vaj qilib ko'rsatishga hakli emas, ya'ni o'ziga olgan majburiyatni bajarishdan ozod qiladi, bekor qilishadi deyilgan narsani keltirib chiqarmaydi. Sud bunday bitimlarga FKning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq majburiyatlar to'g'risidagi qoidalarini qo'llashi mumkin (FKning 24 - moddasi). Tadbirkorlik faoliyatida majburiyatga oid huquqiy munosabatlar fuqarolar va tashkilotlarning xilma xil ehtiyojlarini qondirish, ta'minlash maqsadlarida o'rnatiladi. Majburiyatlar to'g'risidagi normalar mulkning bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o'tishini ishlab chiqarish va maishiy xizmat ko'rsatish korxonalari orqali xilma xil xizmatlar ko'rsatilishini tartibga soladi. Majburiyatlar vositasida mulk va mulkiy huquqlar qo'riqlanishi ta'minlanadi. Fuqaroning sog'ligiga zarar yetkazilganda, fuqaro o'ldirilganda ko'riladigan zararlar qoplanadi va hokazo. Majburiyat huquqi fuqarolar bilan fuqarolar o'rtasidagi munosabatni ham, jumladan bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlarini olishda, uy -joy sotib olish va boshqa hollarda bo'ladigan o'zaro munosabatlarni ham tartibga soladi. U tashkilotlar va fuqarolar, tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan mulkiy zararning to'lanishini, shuningdek qonun yoki shartnomalar bilan belgilangan asoslar bo'lmay turib olingan narsalarning qaytarilishini ta'minlaydigan huquqlarni ham o'z ichiga oladi. Majburiyat huquqining tizimi ikki asosiy bo'limdan: majburiyatlar to'g'risidagi umumiy qoidalar va majburiyatlarning ayrim turlariga oid maxsus qoidalardan iborat. Majburiyat to'g'risidagi umumiy qoidalarda (FKning 234 - 252 - moddalarida) majburiyatlarning kelib chiqish va bajarilishi, majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash, talab qilish huquqini birovga o'tkazish va qarzni ko'chirish majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik va nihoyat majburiyatlarning bekor qilinishi asoslari belgilanadi. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
91.83 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
91.83 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: doc