Tadbirkorlik sohasida qo'llanadigan shartnomalar to'g'risida umumiy qoidalar Reja: 1. Shartnoma tushunchasi, turlari va vazifalari. 2. Shartnomaviy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari. 3. Shartnoma tuzish erkinligi. 4. Shartnomaning asosiy shartlari. 5. Shartnomalarni tuzish bo'yicha asosiy qoidalar. 6. Kim oshdi savdosi. 7. Auksionda shartnoma tuzish. 8. Shartnomani o'zgartirish, bekor qilish va uning oqibatlari. 9. Shartnomani bajarish tamoyillari va tartibi. Shartnoma tushunchasi, turlari va vazifalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shartnoma tushunchasining mazmuni tubdan o'zgarib, iqtisodiy muomala munosabatlarining asosiy tartibga soluvchi vositaga aylandi. Tadbirkorlik sohasidagi shartnoma (savdo bitimi) o'zining huquqiy tabiatiga ko'ra fuqarolik-huquqiy shartnomaning alohida ko'rinishidir. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353-moddasi 1-bandiga muvofiq, shartnoma ikki va undan ko'p shaxslarning fuqarolik huquq va majburiyatlarini belgilash, qo'llash va to'xtatish haqidagi kelishuvidir. Tadbirkorlik sohasidagi shartnoma tadbirkorlik faoliyati subyektlari - taraflar o'rtasidagi, yoki tadbirkor ishtirokidagi shu tadbirkorlikni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan huquq va majburiyatlarini belgilash, o'zgartirish yoki to'xtatish haqidagi kelishuvdir. Tadbirkorlik sohasidagi shartnomaga shunday ta'rif berish mumkinki, u fuqarolik-huquqiy shartnomaning bir ko'rinishi bo'lib, uning taraflari tadbirkorlik faoliyatining subyektlari, shu jumladan talbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'lgan jismoniy shaxslar bo'ladi. Tadbirkorlik sohasidagi shartnoma - aynan shunday huquqiy shakldirki, u tadbirkorlar - mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar va tijoratchilarga tovar-pul almashinuviga xos bo'lgan ekvivalentlik tamoyillari va imkoniyatlaridan to'liq foydalanishda o'z mustaqilligini namoyon qilishga imkon beradi. Fuqarolik-huquqiy shartnoma kabi, tadbirkorlik sohasidagi shartnoma ham fuqarolik-huquqiy tartibga solish bo'yicha umumiy tamoyillarga bo'ysunadi. Lekin iqtisodiy muomalaning barcha sohalaridagi shartnoma huquqiy shakl sifatida o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar tegishli huquqiy shaklni - tadbirkorlik sohasidagi shartnomani belgilab beradi. Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi shartnoma tushunchasini ochib berish konsepsiyasi to'g'risida munozara olib borganda shunga e'tibor berish kerakki, savdo muomalasidagi bitimlar va tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish sohasidagi shartnomalar subyektlarning imperativligi va vositalanganligi bilan shaklan o'zgaradi. Ayni paytda O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari xo'jalik shartnomasi tushunchasining klassik shaklini O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 fevralda qabul qilingan Xo'jalik yurituvchi subyektlarning shartnomaviy-huquqiy bazasi haqidagi Qonunida belgilab bergan. Unda shartnoma tomonlarning biri mahsulotni, xizmat yoki ish bajarilishini qabul qilib olish va buning evaziga haq to'lash majburiyatini oladigan kelishuv, deb ta'rif beriladi. O'zbekiston Respublikasida fuqaroviy huquqi nazariyasining rivojlanishi nuqtai nazaridan xo'jalik va savdo atamalari sovet davridan o'tib kelgan ma'noda ham, savdo huquqining tarixiy ahamiyatiga nisbatan olganda ham birmuncha ziddiyatli qo'llaniladi. «Al Ґidoya Al Furur'» nomli diniy traktatda dinshunos olim va huquqshunos Burhoniddin Al-Marg'inoniy musulmon qonunchiligida savdo huquqi, jumladan, oldi-sotdi shartnomasining huquqiy muammolari tahliliga alohida e'tiborni qaratadi. Musulmon huquqi bo'yicha shartnomaning xususiyatlari quyidagicha belgilanadi: - shariatga muvofiq ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
94.27 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
94.27 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: doc