Tadbirkorlik sohasida yakkahokimlikka qarshi kurashish qoidalari

Tadbirkorlik sohasida yakkahokimlikka qarshi kurashish qoidalari

O'quvchilarga / Huquq
Tadbirkorlik sohasida yakkahokimlikka qarshi kurashish qoidalari - rasmi

Material tavsifi

Tadbirkorlik sohasida yakkahokimlikka qarshi kurashish qoidalari Reja: 1. Monopolistik faoliyatni cheklash va raqobatni tartibga soluvchi qonun hujjatlari va ular ahamiyati. 2. Monopolistik faoliyatni cheklash va insofsiz raqobatning oldini olishning huquqiy shakllari. 3. Monopolistik faoliyatni tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning vakolatlari . 4. Monopolistik korxonalar, tashkilotlar va birlashmalarning davlat reyestri. 5. O'zbekiston Respublikasining monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qo'llaniladigan javobgarlik va chora turlari. 6. Tabiiy monopoliyalarni huquqiy tartibga solish. 1. Monopolistik faoliyatni cheklash va raqobatni tartibga soluvchi qonun hujjatlari va ular ahamiyati. O'zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o'tish oqibatid a tadbirkorlik faoliyatiga o'tish keng miqyosda amalga oshirilib bormokda. Ushbu turdagi iqtisodiy faoliyatni yuqori darajada ta'minlash uchun asl raqobatni rivojlantirishga kumaklashadigan shartlarni ta'minlamasdan tadbiq etish mumkin emas. Shu tarzda davlatga kerakli asoslarni yaratish majburiyati yuklatilgan. Ushbu asoslar huquqiy, tashkiliy va boshqalar bo'lib, ular raqobatni bozorning asosiy harakat kuchi sifatida ta'minlash va foyda olishni ko'zlab normal bozor munosabatlarni aylanib (chetlab) o'tishga qaratilgan monopolistik yo'nalishni cheklashga qaratilgan huquqiy tartibga solish muhim o'rin tutadi. Binobarin, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga ko'ra, O'zbekiston iqtisodiyotining asosini bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan, har xil shakldagi mulk tashkil etadi. Ushbu konstitutsiyaviy norma davlatga iqtisodiy faoliyatni erkinligini, tadbirkorlikni, hamma shakldagi mulkni tengligini va huquqiy himoyasini, iste'molchilar huquqini himoyasini kafolatlash majburiyatini yuklaydi. Boshqacha aytganda, raqobat va monopolistik faoliyatini cheklashni ta'minlash va tartibga solishni umumiy asoslarni belgilaydi. Monopolistik faoliyatni va insofsiz raqobatni ogohlantirish, cheklash, to'xtashish kabi tashkiliy va huquqiy asoslarini aniqlab beradigan asosiy me'yoriy huquqiy hujjat bo'lib 1996 yil 26 dekabrdagi (199 yil 20 avgustdagi o'zgartirishlar bilan) O'zbekiston Respublikasining Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to'g'risidagi Qonun hisoblanadi. Qonunning asosiy maqsadi tovar bozorlarini yaratish va samarali amal qilishi uchun sharoitlar bilan ta'minlash hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining 199 yil 19 avgustdagi qabul qilingan Tabiiy monopoliyalar to'g'risidagi Qonun muhim o'rin egallaydi. Ushbu Qonunning asosiy vazifasi - tabiiy monopoliyalar sharoitidagi munosabatlarni tartibga solish. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda monopoliyaga qarshi kurash talablariga rioya qilishi kerak bo'lgan bir qancha normalar mavjud bo'lib, ular har xil qonun hujjatlarida aks ettirilgan (xususan, O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida, Yer osti boyliklari to'g'risida, Banklar va bank faoliyati to'g'risida, Reklama to'g'risida va boshqa qonunlarda). Monopoliyaga qarshi qonunchilik tizimida me'yoriy hujjatlarning, shu jumladan, monopoliyaga qarshi davlat organining normativ hujjatlari katta ahamiyatga ega. 2. Monopolistik faoliyatni cheklash va insofsiz raqobatning oldini olishning huquqiy shakllari. Eng avvalo, raqobat, insofsiz raqobat va monopolistik faoliyat tushunchalarini aniqlab olish muhim o'rin tutadi. Raqobat - xo'jalik yurituvchi subyektlarning musobaqalashuvi bo'lib, bunda ularning mustaqil harakatlari har bir subyekt tomonidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 60.81 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 60.81 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga