Tadbirkorlik sohasidagi soliq munosabatlari Reja: Soliq va uning boshqa to'lovlardan farqi Qo'shilgan qiymat solig'i Daromad (foyda)dan olinadigan soliq Aksiz solig'i Tadbirkor fuqaro (jismoniy shaxs)lardan olinadigan daromad solig'i Mahalliy soliqlar va yig'imlar Soliq va uning boshqa to'lovlardan farqi Tadbirkorlarning soliq to'lashi O'zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonunda belgilaganidek, fuqaro xoh yakka tartibda, xoh jamoa tadbirkorligi asosida faoliyat olib borsin olgan (daromad) foydadan soliq to'lashi kerak. Soliq to'lash bilan bog'liq huquqiy munosabatlar O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan tartibga solinadi. Soliq kodeksida soliq solinadigan obyektlar, soliq miqsori, soliqni hisoblash tartibi, soliqto'lashdan bo'yin tovlaganligi uchun qo'llaniladigan javobgarlik kabi qoidalar belgilangan. Demak, har qanday tadbirkorlik faoliyati soliq to'lash bilan bog'liq. Ammo «soliq» tushunchasi go'yo yagona bir ma'noni anglatsa-da, lekin bir necha ko'rinishda mavjud bo'ladi. Buning sababi moliya bilan bokliq yagona bir faoliyatning bir necha daa,,at idoralari vakolatiga berilganligidadir. Ma'lumki, soliqqa doir qonun va qoidalarni belgilovchi vakolatli idora O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hisoblanadi. Ammo soliq belgilash bilan bog'liq masalalarni hal etish davlatimizning boshqa idoralariga ham berilgan. Bu esa soliq .turlarining, majburiy to'lovlarning ko'payishiga olib keladi. Masalan, mulk egasi o'z korxonayei olgan daromadga egalik qilishga haqli. Agar gap davlat korxonasi ustida ketsa, mulkdor bo'lib faqat davlat hisoblanadi. Shu korxona to'laydigan to'loviga bir nazar tashlasak korxona, avvalo, davlat korxonasidagi daromaddan soliq to'laydi, so'ngra qayta taqsimlash sifatida davlat foydasiga majburiy to'lovlar ajratadi. Bunda davlat, birinchidan, siyosiy tizimlarning subyekti bo'lib soliq to'lovini belgilovchi sifatida ishtirok etsa, ikkinchidak, shu korxona mulqdori, egasi sifatida ishtirok etadi. Vaholanki, soliq kodeksida soliq turlari aniq belgilab berilgan bo'lishiga qaramay bir necha xildagi majburiy to'lovlar ham mavjud. Tadbirkorlar to'lashi shart bo'lgan soliqlarning turlari: qo'shilgan qiymat soliga; foyda (daromaddan) olinadigan soliq; aksiz solig'i; yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun to'lanadigan soliq; tadbirkor fuqarolar olgan daromaddan to'lashi shart bo'lgan soliq; fuqarolar tomonidan to'lanadigan daromad solig'i; yer soliga,'mol-mulkka solinadigan soliqpardan iboratdir. Bundan tashqari bevosita soliq deb hisoblanmay byudjetdan tashqari boshqa fondlarga to'lanadigan bir qator majburiy to'lovlar ham borki, ular o'z xususiyatiga ko'ra soliqdan juda kam farq qiladi. Shu sababli soliq bilan majburiy To'lovlarning o'ziga xos xususiyatlari va bir-biridan farqli belgilari ko'rib chiqilsa, ularning tushunchasi, mazmuni, mohiyati aniq bo'ladi. Chunonchi, soliq hamisha davlat tomonidan o'rnatiladi.-^. Davlatdan boshqa hech kim soliqni belgilash va bekor qilish hukuqiga ega emas. Dunyo davlatlarida soliqni belgilash huquqi shu davlatlar oliy organiga berilgan. O'zbekistonda soliqni belgilovchi va o'rnatuvchi vakolatli idora O'zbekiston Konstitutsiyasining 78-moddasida belgilanganidek Rsspublika Oliy Majlisiga berilgan. Soliqning yana bir xususiyati uning doimo bir tomonning istagi bilan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
59.75 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
59.75 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: doc