KIRISh Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi. Shuni alohida takidlash lozimki, tadbirkorlik faoliyati - iqtisodiy taraqqiyot asosi. Darhaqiqat tadbirkorlik faoliyati har qanday davlat, bozor iqtisodiyoti rivojlanishining muhim omili hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov qayd etganidek, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi islohotlar natijasida yalpi ichki mahsulotimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 200 yildagi 31 foizdan 2016 yil 1 yanvar holatiga 56,7 foizga etdi yoki 1,8 barobar oshdi. Hozirgi paytda ushbu sohada jami sanoat mahsulotlarining uchdan bir qismi, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 98 foizi ishlab chiqarilmoqda. Ish bilan band jami aholi 77 foizdan ortig'i mazkur tarmoqda mehnat qilmoqda. O'tgan davr mobaynida tadbirkorlarni huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan 100 dan ziyod me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyun kundagi Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida PF-3619-sonli Farmoniga asosan, 2005 yilning 1 iyo'lidan boshlab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy ta'sir choralarini fakat sud orqali qo'llanish tartibi joriy etildi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 15 may kungi Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PQ-112-sonli Qaroriga ko'ra tadbirkorlik subyektlarini ortiqcha sarson qilayotgan soha - kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo'yicha xizmat ko'rsatish ta'riflarini pasaytirish, turar-joy va noturar joylarni tekshirish, o'lchash, baholash, texnik inventarizatsiya qilish, pasportlashtirish, loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o'tkazish soddalashtirildi, to'lanadigan to'lovlar hajmini qisqartirish choralari belgilandi. Shu bilan birga, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish borasida Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimov tomonidan 2013 yil 1 aprel kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Bosh prokuraturaga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xo'jalik faoliyatiga har qanday noqonuniy aralashuvni iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo'yicha davlat siyosatiga qarshi qaratilgan harakat sifatida ko'rib chiqish va huquqbuzarlarga nisbatan qonunchilikka muvofiq javobgarlik normalarini qo'llash vazifasi belgilangan. Bundan tashqari, qonunchilikka rioya etilishini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish, davlat organlari huquqiy hujjatlarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi ustidan nazorat samaradorligini oshirish maqsadida Prezidentimizning 2014 yil 24 iyulda Qonunchilik ijrosini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF-4636-son Farmoni qabul qilinib, unga asosan Bosh prokuraturada Qonunchilik ijrosi ustidan nazorat Bosh boshqarmasi tashkil etildi va uning asosiy vazifalaridan biri tadbirkorlik subyektlarining huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish etib belgilandi. O'z navbatida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF-4725-sonli Farmoni bilan prokuratura organlari oldiga bir qator muhim vazifalar qo'yilgan. Natijada 2015 yil 20 avgustdagi O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
111.8 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
111.8 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: docx