Tadbirkorliki faoliyatiga to'sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog'liq jinoyatlar hamda xo'jalik yurituvchi subyekt larning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlari Reja: 1.Xususiy mulk huquqini buzish uchun javobgarlik. 2.Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo'jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish uchun javobgarlik. 3.Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to'xtatib turishuchun javobgarlik. 4.Tadbirkorlik subyektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish uchun javobgarlik. 5.Litsenziyalash to'g'risidagi qonun hujjatlarini va ruxsat berish tartib-taomillari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish uchun javobgarlik. 6.Imtiyozlar va preferensiyalarni qo'llashni g'ayriqonuniy ravishda rad etish, qo'llamaslik yoki qo'llashga to'sqinlik qilish uchun javobgarlik. 7.Xo'jalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga pul mablag'lari berishni asossiz ravishda kechiktirish uchun javobgarlik. 8.Tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablag'lari mavjudligi to'g'risidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish uchun javobgarlik. 9.Tijoratda pora evaziga og'dirib olish uchun javobgarlik. 1. Xususiy mulk huquqini buzishjinoyati uchun javobgarlik (O'zR JK 1921 -moddasi) Jinoyatning bevosita obyekti O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida kafolatlangan xususiy mulkdorlarinng huquqlarini ta'minlash bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlar. Jinoyatning obyektiv tomoni nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish yo'li bilan ularga zarar yetkazish, yani mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum etish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon bo'lgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish, shuningdek mulkdorning mulkini olib qo'yish yoxud uni o'z mol-mulkiga bo'lgan huquqidan voz kechishga majburlash obyektiv tomon zaruriy belgisi, yuqoridagi harakatlarda talon-toroj alomatlari mavjud bo'lmaganligi va shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgandan harakatlarda ifodalanadi. Jinoyatning subyekti 18 yoshga to'lgan nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi bo'lgan aqli raso jismoniy shaxs. subyektiv tomonidan jinoyat to'g'ri qasddan sodir etiladi. 2. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo'jalik faoliyatini taftish qilish tartibini buzish uchun javobgarlik. (O'zR JK 1922 -moddasi) Jinoyatning bevosita obyekti O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlaridakafolatlangan xususiy mulkdorlarinng huquqlarini ta'minlash bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlar. Jinoyatning obyektiv tomoni tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishning va moliya-xo'jalik faoliyatini taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, xuddi shuningdek tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonunga xilof ravishda tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) o'tkazishda ifodalanadi. obyektiv tomon zaruriy belgisi yuqoridagi harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan so'ng sodir etilgan bo'lishida ifodalanadi. subyektiv tomonidan jinoyat to'g'ri qasddan sodir etiladi. Jinoyatning subyekti 18 yoshga to'lgan,aqli raso va tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishning va ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.69 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.69 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: docx