Tadbirkorlikning kelib chiqishi va rivojlanishining huquqiy asoslari

Tadbirkorlikning kelib chiqishi va rivojlanishining huquqiy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Tadbirkorlikning kelib chiqishi va rivojlanishining huquqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Tadbirkorlikning kelib chiqishi va rivojlanishining huquqiy asoslari Reja: 1. Tadbirkorlikning kelib chiqish shart-sharoitlari 2. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning huquqiy asoslari 3. Xususiylashtirishning huquqiy jihatdan afzalliklari 4. Xususiylashtirish usullari 5. Xorijiy davlatlarda xususiylashtirish jarayoni Tadbirkorlikning kelib chiqish shart-sharoitlari O'zbekiston Respublikasidagi turli shakldagi mulklar teng huquqiy mavqega ega bo'lganligi va ana shu mulklarga nisbatan munosabatning tubdan o'zgarganligi tadbirkorlikning kelib chiqishi va rivojlanishiga sabab bo'ldi. Prezident I. A Karimov ta'kidlaganidek, «Mulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo'lib xizmat qiladi»[1]. Bu bejiz aytilmagan, Prezidentimiz bunda O'zbekiston Respublikasiningijtimoiy, siyosiy, huquqiy va ma'naviy jihatdan rivojlanishining asosiy mohiyati bevosita mulkka bo'lgan munosabat bilan bog'liqekanligini har tomonlama ilmiy tahlil qilib, ana shunday fikrga kelganligi shubhasiz. Respublikamizda o'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning birinchi bosk^mvda asosiy diqqat-e'tibor mulkka bo'lgan avvalgi munosabatni butunlay o'zgartirish va bozorni shakllantirishga qaratildi. Buni amalga oshirmay turib, tadbirkorlikni rivojlan-tirish, bozorni sifatli mollar va xizmatlar bilan to'ldirish mumkin emas. Chunki tadbirkorlikni rivojlantirish bevosi-ta bozor bilan bog'liqsir. Bozorning rivojlanishi esa ish-bilarmon tadbirkorlar ishlab chiqaradigan turli i-te'mol mollarining hajmi bilan aniqlanadi. Iste'mol mollari qancha ko'p ishlab chiqarilsa, raqobat shuncha kuchayadi, narx-navo pasayadi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, avvalo, mulk va shu mulkka bo'lgan munosabatni o'zgartirish bilan chambar-chas bog'liq. Shuning uchun Respublikamizda xususiy mulkka keng yo'l ochib berildi. Shu maqsadda davlat mulkini xususiy-lashtirishga alohida e'tibor berilmoqda. Buning sababi-to mulkni xususiylashtirish jarayoni boshlaguniga qadar o'tgan vaqg, ya'ni sobiqitgafoqbarpo etilganidan boshlab, u barham topguniga qedar ko'plab turdagi mulklar markazlashtirilib, yagona davlat mulkiga aylantirildi. Unga esa mulkning boshqa shakllaridan ustunlik berilib, umumxalq mulki deb e'lon qilindi. Mulk umumiy bo'lishi tufayli undan manfaatdor bo'lish, ana shu mulk uchun kim qancha mehnat qilgani, kim qancha ulush qo'shganiga qarab emas, balki barcha birdek foydalanishi, manfaatdor bo'lishi bilan belgilandi. Mazkur mavhum tushuncha kishilarda davlat mulkiga nisbatan xo'jasizlarcha munosabatning shakllanishiga va mulkdan moddiy manfaatdor bo'lish, uni ko'paytirish, avaylab asrashga bo'lgan qiziqishining so'nib borishiga va umumxalq mulkining egasiz bo'lib qolishiga olib keldi. Endi bunday munosabat moddiy manfaatdorlikni, tadbirkorlikni amalga oshirishga, kishilardagi jo'shqin ijodkorlikka gov bo'ldi. Buning sababi ishlab chiqarishni rivojlantiruvchi asosiy tarmoqdagi chkkahokimlik mavqeini beruvchi hukumatning tartibog qoidalari yordamida davlat korxonalari doimo raqobatdan himoyalanib kelishidir. Mazkur himoya yuqori ta'rif to'siqlari hamda xorijiy raqobatni qisman cheklash yoki to'liq oldini olishga qaratilgan o'z chora-tadbirlari yordamida ham ta'minlandi. Raqobatning yo'kligi tufayli davlat korxonlarining samarali bo'lishga, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat turlarini ta'minlashga qiziqishi ham pasayib bordi. Davlat korxonalarining foyda olishga qiziqishining pastligi iste'molchilar, ishlab chiqaruvchilar yoki o'zga ijtimoiy guruhlarning manfaatiga ham zarari tegdi. Hukumat tomonidan beriladigan subsidiyalar davlat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 67.07 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 67.07 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga