Tadqiqotlarning asosiy metodik holatlari va ularning ekspert xulosasi hamda ma'lumotnomasida aks etishi Daliliy ashyolarni ta'riflab yozishning maqsadi tekshirilayotgan obyektni alohidalashtirish, uni shu kabi buyumlar orasidan ajratib olishdan iborat. Bu talablar qo'lbola usulda yasalgan qurollarni ekspertiza qilishda katta ahamiyatga ega. Chunki tadqiqotga turli mahsulotlar taqdim etiladi, ekspert xulosasi esa bu buyumlarni tayyorlaganlar va egalarining harakatlarini baholash hamda tasniflashdan iborat bo'ladi. Daliliy ashyolarni ta'riflab yozish ko'p emas, lekin to'liq bo'lishi kerak. Bu holda aynan shu buyumning boshqa shunday buyumlardan farqlovchi o'ziga xos jihatlariga e'tibor berish kerak. Agar kerak bo'lsa, buyumning og'irligi va chiziqli qiymatlarini ko'rsatish, nAQSHlarini, turli yozuvlari va monogrammalarning mavjudligi, xususiyatlari, xarakteri va ma'nosiga to'xtalib o'tish kerak. Bu ma'lumotlarni bayon qilishda olingan fotosuratlarga murojaat etish kerak. Moddiy qismlarning tadqiqoti Bu tadqiqotning maqsadi daliliy ashyolarning tuzilishini ekspert baholashdan iborat. Bu tadqiqotga mos holda xulosaning keyingi qismlarida tekshirilayotgan obyektning tuzilishidagi mazkur buyumning otish uchun mo'ljallanganligi haqidagi yakuniy xulosaga kelishga imkon beruvchi (yoki bermaydigan) o'ziga xos jihatlari aks etishi kerak. Moddiy qismlarni tekshirishda mexanizmning asosiy tugunlari va qismlarning xususiyatiga e'tibor berish lozim. Agar ekspertizaga tayyor bo'lmagan qurol yoki uning alohida qismlari taqdim etilgan bo'lsa, u holda tekshirish jarayoni shularni ta'riflash bilan yakunlanadi. Agar ekspert aksincha, ya'ni buyum otish uchun yaroqli deb hisoblasa, u holda buyumning jangovar xossalarini aniqlash uchun tajriba o'tkazishi shart. Jangovar xossalarning tadqiqoti Bu tadqiqot obyektning tajribada nafaqat jangovar xossalarini aniqlash uchun, balki ekspertning tekshirilayotgan obyektning otish uchun mo'ljallangan maqsadi va bu maqsadni amalga oshirish imkoniyatlari haqidagi yakuniy xulosalarini tekshirish uchun ham o'tkaziladi. Jangovar xossalarga, birinchi navbatda, o'qning uchish tezligi va kinetik energiyasi kiradi. O'qning uchish tezligi turli usullarda tekshiriladi. Kriminalistik tadqiqotlarda eng ko'p tarqalgan usullardan biri - ushbu tezlikni ikki ekran ko'rinishidagi datchik bilan ta'minlangan eletkron millisekundomer yordamida o'lchashdir. U quyidagicha amalga oshiriladi: otilgan o'qning birinchi datchik (ekran) dan o'tishida millisekundomer ishga tushadi va vaqtni qayd etish boshlanadi. Bu o'q ikkinchi datchikdan o'tganda esa vaqtni o'lchash to'xtaydi. Ushbu ikki ekran - datchiklar orasidagi masofani aniqlash orqali o'qning uchish tezligini hisoblash mumkin. O'lchashlar aniqligini oshirish uchun tajribani bir marta emas, balki bir necha otishda qaytarish va natijalarni hisoblash lozim. Buni quyidagi misolda tushuntiramiz. Faraz qilaylik, o'qning uchish tezligini bir datchik qurol miliga taqab qo'yilgan, ikkinchisi esa mil og'zidan 1 metr masofaga qo'yilgan holda aniqlash lozim bo'lsin. Birinchi o'q otilishida qurilma 0,0034 cyekund vaqtni ko'rsatadi, ikkinchisida - 0,0032 cyekund, uchinchisida esa - 0,0033 cyekund. Natijalarning bu darajadagi stabilligi keyingi otishlarni to'xtatishga imkon beradi. Olingan natijalarning o'rtacha arifmetik qiymatini hisoblasak, u 0,0033 cyekund bo'ladi. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.62 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.62 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: doc