Tadqiqotlarning hozirgi amaliyoti va uning asosiy kamchiliklari

Tadqiqotlarning hozirgi amaliyoti va uning asosiy kamchiliklari

O'quvchilarga / Huquq
Tadqiqotlarning hozirgi amaliyoti va uning asosiy kamchiliklari - rasmi

Material tavsifi

Tadqiqotlarning hozirgi amaliyoti va uning asosiy kamchiliklari Ko'rilayotgan savolning nazariyada yetarli bo'lmagan holda tekshirilishi va metodik tavsiyalarning kamligi qo'lbola usulda yasalgan qurollarni tekshirish bilan bog'liq sud-balistika ekspertizalarini o'tkazishda salbiy ta'sirga ega. Ko'pincha, ekspertning u yoki bu obyektning o'tochar qurollarga taalluqliligini aniqlash bo'yicha yakuniy xulosalari asosida o'qning u yoki bu qalinlikdagi yog'ochga kirib ketishining natijalari yotadi. Bu hol ushbu turdagi ekspertizalar hali ham yetarli darajada o'tkazilmayotganligidan darak beradi. Ushbu turdagi ekspertizalar o'tkazishda uchraydigan kamchiliklarni ko'rib chiqamiz: 1. Ekspert xulosalari bilan tanishish ko'rsatadiki, daliliy ashyolarni ta'riflab yozish, birinchidan, ortiqcha, ya'ni keraksiz alohida qismlarni diqqat bilan ta'riflab yozish, ikkinchidan esa kam, yetarli bo'lmagan holda bo'ladi. Bu hol shundan kelib chiqadiki, ekspertlar ta'riflab yozishning maqsadi va chegaralarini yaxshi tushunib yetmaydilar, daliliy ashyoni ta'riflab yozishni obyektni qurol sifatida olib, uni alohidlashtirish nuqtai nazaridan ta'riflaydilar: «To'pponchaning uzunligi - 16,5 sm. Mil kanalining diametri - 5,9 mm. Mil kanali silliq, zang bilan qoplangan, porox qurumi kuzatilmaydi. Mil patron joylashadigan bir uchidagi tashqi diametri - 9 mm, ikkinchi uchidagi tashqi diametri - 9,9 mm bo'lgan quvurdan yasalgan. Quvurda uning - 9 mm li uchidan - 4,65 sm masofada halqasimon qirra mavjud. Quvurning ikkinchi uchida diametri - 1,54 sm bo'lgan gayka burab qotirilgan. Halqasimon qirra va gayka orasida diametri - 1,2 mm li simdan tayyorlangan spiralsimon prujina va qabariq qirrasi rezbali, olti qirrali gayka joylashgan, bu prujina erkin harakatlana oladi» va hokazo. 2. Daliliy ashyolar ekspertlar tomonidan barcha hollarda ta'riflab yozilishiga qaramasdan, odatda, tadqiqotda obyektning ekspert tomonidan baholanishi mavjud bo'lmaydi. Ekspertlar materialni qisman ta'riflash bilan chegaralanadilar (uzunligi, diametri va boshqalar), tekshirilayotgan obyekt tuzilishi haqidagi o'zlarining fikrlarini keltirmaydilar, mahsulotni qismlarining harakati, umumiy tuzilishi nuqtai nazaridan baholamaydilar. Natijada qurolning asosiy chegara masalalaridan biri, aniqrog'i, berilgan mexanizmning tuzilishidagi xususiyatlar kriminalistik baho olmaydi. 3. Qo'yilgan savolni hal etish uchun tajriba o'q otishlari bajarilganligi o'tkazilayotgan ekspertiza mohiyatiga va mazmuniga mos kelmaydi, chunki bu holda ekspertning yakuniy xulosasi daliliy ashyoning nafaqat tashqi ballistik xususiyatlariga baho berish bilan emas, balki uning tuzilishiga qarab ham shakllanishi kerak. 4. Tajriba o'q otishlarining natijalarini aks ettirishda snaryadning yog'ochga kirib ketish chuqurligi ko'rsatiladi. Bu holda olingan kattalikni baholash yana keltirilmaydi. Natijada nima uchun snaryadning yog'ochga u yoki bu chuqurlikda kirib ketishi tekshirilayotgan buyumni qurol deb baholashga asos bo'lishi tushunarsiz bo'lib qolaveradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.06 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.06 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga