Taftish tayinlash va uni o'tkazish taktikasi

Taftish tayinlash va uni o'tkazish taktikasi

O'quvchilarga / Huquq
Taftish tayinlash va uni o'tkazish taktikasi - rasmi

Material tavsifi

Taftish tayinlash va uni o'tkazish taktikasi Ko'pchilik yashirincha o'zlashtirishlar buxgalteriya hisoblarini soxtalashtirish bilan bog'lik. Bunday jinoyatlar maxsus taftish o't-kazish yo'li bilangina aniqlanishi mumkin. Buxgalteriya hisoblari bo'yicha taftish o'tkazish nazorat taftishi va huquqni muhofaza qiluvchi turli xil subyektlarga taaluqli. Bunday huquqbuzarlik va qo'pol kamchiliklar aniqlangan taqdirda, bularni hisoblash apparat xodimlari, nazoratni amalga oshiruvchi moddiy javobgar shaxslar; hisobchi taftishchilar qabul qilib oladilar. Bunday holatlarda tez-kor qidiruv xodimlari o'z vakolatlari doirasida, cheklangan doirada va aniq ma'lumotlarga tayangan holda, tergovning alohida shakllari-dan foydalanadilar. Bunday jinoyatlarni aniqlashda tezkor qidiruv xodimlarining o'zlari yoki shu soha mutaxasislarini jalb qilgan holda aniq va rejali harakat qilishi yaxshi samara beradi. Agarda buxgalteriya hisob hujjatlarida bunday jinoyat alomatlari aniq-langan taqdirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar talabiga muvo-fiq keng miqyosda taftish tekshiruvi o'tkaziladi; taftishchiga aniq vazifa yuklatilib, uning harakatlari ustidan nazorat o'rnatiladi. Lekin yuqoridagi holatda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o'z manfaatlaridan kelib chiqqan holda, asossiz aralashuvi istesno etilib, zamonaviy qonuniylikka ko'ra qatiy taqibga olinadi. Chunki bunday asossiz aralashuvlar xo'jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy salohiyatiga va ayniqsa uning ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy ta'sir o'tkazadi. Chunki rejasiz amalga oshirilayotgan tekshiruvlar jarayonida xodimlar o'z vazifasini to'laligicha bajarish imkoniyatidan mahrum bo'ladi. O'zaro hisobot hujjatlarini taftish qilish tezkor qidiruv xodimlaridan qonunchilikda ko'rsatilgan iqtisodiy jinoyat alomatlarini hisobot hujjatlarida aniq topish va asosli hujjatlar asosida taftishni amalga oshirish talab etiladi. Berkitilgan qonunbuzarliklar hisobot ma'lumotlariga asosan uch shaklda o'z aksini topadi: 1. Alohida hujjatlar tarkibidagi nomuvofiqlik; 2. Bir biriga bog'liq bo'lgan hujjatlarning nomuvofiqligi; 3. Qimmatliklarning oddiy harakat tartibidan chetlatish. Shunga bog'lik holda o'rganilayotgan obyektlar taftish usuliga ko'ra farqlanadi: - alohida hisobot hujjati; - o'zida bir-biriga bog'liq bo'lgan operatsiyalarni aks ettirgan bir qator hujjatlar; - o'zida bir xil qimmatliklarni aks ettirgan hisob ma'lumotlari. Hisobot hujjatlarini taftish qilish usuli umumiy va maxsus qismlarga bo'linadi. Birinchisi har qanday hisob ma'lumotlarini analiz qilish jarayonida qo'llaniladi. Ikkinchisi esa aniq hujjat-lar guruhini va xo'jalik operatsiyalarini tekshirishda qo'llaniladi. Umumiy va Maxsus usular bir-biriga bog'liq har bir maxsus usul biror bir umumiy usulning bir ko'rinishi hisoblanadi. Umumiy taftish usuli quyidagicha tasniflanadi: Alohida hisobot hujjatlarini taftish qilish usullari. Alohida hisobot hujjatlarini taftish qilish usuli alohida mazmuni yoki o'zaro rekvizitlarini soxtalashtirish oqibatida kelib chiqadigan nomuvofiqliklar aniqlangan holda o'z samarasini beradi. Alohida hisobot hujjatlarini taftish qilish uch xil usulda amalga oshiriladi: 1. Hujjatlarni forma shakli sifatida tekshirish. 2. Arifmetik usulda tekshirish. 3. me'yoriy tekshirish. Hujjatlarni forma sifatida tekshirish har bir hisobot hujjat zarur rekvizitga ega emasligini aniqlaydi. Bunday holda o'rnatilgan talablar buzilgan hujjatlar aniqlanishi mumkin. Ular-ni boshqa usullar yordamida sinchkovlik bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.47 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.47 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga