ta'lim to'g'risida milliy dasturning maqsadi, vazifasi O'zbekiston Respublikasining qonuni ta'lim to'g'risida 1. UMUMIY QOIDALAR 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonun fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan. 2-modda. ta'lim to'g'risidagi qonun hujjatlari ta'lim to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonuvdan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Qoraqalpog'iston Respublikasida ta'lim sohasidagi munosabatlar Qorakalpogiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. ,Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ta'lim tug'risidagi qonun hujjatlaridagidan o'zgacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari ko'llaniladi. 3-modda. ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari ta'lim Uzbekistan Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb elon qilinadi. ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta'limning uzluksizligi va izchilligi; umumiy o'rta, shuningdek o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi; o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining yo'nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo'lishni va istedodni rag'batlantirish; ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg'unlashtirish. 4-modda. Bilim olish huquqi Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib dshi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, Uzbekistan Respublikasi hududida qancha vaqt shayotganligidan qati nazar, har kimga bilim olishtsa teng huquqlar kafolatlanadi. Bilim olish huquqi: davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini rivojlantirish; ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta'lim olishni tashkil etish; ta'lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o'qitish, shuningdek ta'lim muassasalarida shartnoma asosida to'lov evaziga kasb-hunar o'rgatish; barcha turdagi ta'lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o'quv yurtlariga kirishda teng hukuqlarga ega bo'lishi, oilada yoki o'zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o'tgan ta'lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o'tish huquqini berish orqali ta'minlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari Uzbekistan Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslar bilim olishda O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquklarga ega. 5-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqi Tegishli ma'lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega. Pedagog xodimlarni oliy o'quv yurtlariga ishga qabul qilish Uzbekistan Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tasdiklagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi. Pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta'lim muassasalarida bu faoliyat bilan ngug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydi. 6-modda. ta'lim muassasasining huquqiy maqomi ta'lim muassasasini akkreditatsiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi. ta'lim muassasasi yuridik shaxe bo'lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi. lNodavlat ta'lim ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.86 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.86 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: doc