Ta'lim to'g'risidagi qonun va qonun osti hujjatlari

Ta'lim to'g'risidagi qonun va qonun osti hujjatlari

O'quvchilarga / Huquq
Ta'lim to'g'risidagi qonun va qonun osti hujjatlari - rasmi

Material tavsifi

ta'lim to'g'risidagi qonun va qonun osti hujjatlari Reja: ta'lim to'g'risidagi qonun va qonun osti hujjatlari Davlat ta'lim standartlarining maqsad va vazifalari Magistrning ilmiy-texnika amaliyoti loyiha tashkilotlari Mazkur karorning ijrosini ta'minlash O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risida gi qonuni ta'lim sohasini isloh qilishda asosiy urinni egallaydi. Zero, qonun normativ-huquqiy hujjatlar tizimida eng muhim va baobru shakl bo'lib, unda huquqning xamma jihatlari mujassamlashadi. Shuningdek, qonun davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori yuridik kuchga ega bo'lgan akti hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonuni jahon andozalariga tulik mos keladigan, shuningdek, Konstitutsiyamiz qoidalariga tulik javob beradigan normativ-huquqiy aktdir. fuqarolarga ta'lim-tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishning huquqiy asoslarini belgilash, xar kimning bilim olishidan iborat Konstitutsiyaviy huquqini ta'minlash qonunning asosiy maqsadi sifatida belgilangan. Shuningdek, Respublikamizning ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ta'lim ustuvor hisoblanadi. Bu esa mamlakatimizda insonning bilim olishga bo'lgan Konstitutsiyaviy huquqining kay darajada amaliyotga joriy etilganligini kursatadi. ta'lim to'g'risidagi qonunda (5-modda) pedagogik faoliyat bilan shugullanish huquqi belgilangan bo'lib,unga ko'ra, tegishli ma'lumoti, kasb tayyorgarligi bor yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shugullanish huquqiga ega ekanligi belgilangan. Shuningdek, pedagog xodimlarni oliy o'quv yurtlariga ishga kabul qilish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiklangan Nizomga muvofik tanlov asosida amalga oshirilishi belgilangan. Mazkur Nizom (Oliy ta'lim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga kabul qilish tartibi haqida) O'zbekiston Respublika oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-sonli buyrugiga ilova sifatida tasdiklangan. Nizomda Oliy ta'lim muassasalariga pedagog xodimlar (professor-o'qituvchilar)ni konkurs asosida ishga kabul qilish belgilangan. Oliy ta'lim muassasalarida kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o'qituvchi, o'qituvchi va assistent lavozimlari konkurs asosida 5 yil muddatga egallanadi. Muddat tugashi bilan esa ko'rsatilgan lavozimlar ushbu Nizomga muvofik yana konkurs asosida egallanadi. Shuningdek, kafedra mudiri, professor lavozimlarini egallash uchun o'tkaziladigan konkurs odatda, professor ilmiy unvoni yoki fan doktori ilmiy darajasiga ega shaxslar katnashishi mumkin. Dotsent lavozimlarini egallash uchun esa dotsent, katta ilmiy xodim ilmiy unvonlari yoki tegishli ixtisoslik bo'yicha fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajasiga ega shaxslar katnashishlari mumkin. Bundan tashqari, kafedra mudiri, professor va dotsent ilmiy lavozimlarini ilmiy unvoni va darajasi bo'lmagan, lekin shu soha bo'yicha katta amaliy ish tajribasiga ega, yuqori malakali mutaxassislar xam egallashlari mumkin. Ilgari professor-o'qituvchi sifatida ishlamagan shaxslar konkursdan oldin, oliy ta'lim muassasalarida bir yil urindoshlik yoki soatbay sharti bilan ishlagan bo'lishlari maqsadga muvofik deb belgilangan. Professor va dotsent ilmiy xodim lavozimlarini egallash konkurslarida katnashish uchun tegishli ilmiy unvon va ilmiy darajalariga ega bo'lmagan, ammo besh yildan ortik ilmiy pedagogik ish tajribasiga ega, oliy, o'rta maxsus, kasb-hunar muassasalari yoxud umumta'lim maktablari uchun yakka muallif ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 72.65 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 72.65 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga