ta'lim turlarida bosqichli huquqiy ta'lim-tarbiya Reja: Maktabgacha ta'lim turida huquqiy ta'lim-tarbiya Umumiy o'rta ta'limda huquqiy ta'lim-tarbiya Dars o'tish tartibi Maktabgacha ta'lim turida huquqiy ta'lim-tarbiya Jamiyatimizdagi har-bir bola o'zining inson - eng ulug' zot ekanligini, boshqa tirik mavjudodlardan nima bilan ajralib turishini go'dakligidan qalbi bilan his qilishi kerak. Maktabgacha ta'lim turida huquqiy ta'lim-tarbiya uch bosqichda olib boriladi: o'rta yosh (3-4 yosh); katta yosh (4-5 yosh); maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh). Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarga ilk huquqiy ta'lim tarbiya berishda bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olinadi. Huquqiy qoidalarni bayon qilib berishda o'yin usullaridan foydalanish tavsiya qilinadi. Bolalarga ilk huquqiy tushunchalarni berish orqali ularning shu davrdagi yoshiga mos qonun-qoidalarga rioya qilish maqsadi qo'yiladi va mashg'ulotlar tufayli ijobiy natijalarga erishiladi. Huquqiy ta'lim mashg'ulot tarzida bolalarga tevarak atrof, tabiat bilan tanishish, badiiy adabiyot, odobnoma mashg'ulotlarini mujassamlashtirib, har bir yo'nalishni bir-biriga moslab, uzviy ravishda olib boriladi. Umumiy o'rta ta'limda huquqiy ta'lim-tarbiya Umumiy o'rta ta'limda huquqiy ta'lim-tarbiya uch bosqichda olib boriladi; boshlang'ich ta'limda (1-4 sinf); umumiy o'rta ta'lim (5-7 sinf); umumiy o'rta ta'lim (8-9 sinf). Boshlang'ich ta'limda bolaning yosh xususiyati etiborga olingan holda huquqiy ta'lim-tarbiya fanlar tarkibida olib boriladi. Xar bir sinfda 10 soatdan vaqt ajratilib, o'qituvchi «Ona tili», «Atrofimizdagi olam», «Odobnoma», «O'qish», «Tabiatshunoslik» darslarida o'tiladigan mavzular bilan bog'lab huquqiy tushunchalar berib boradi. Masalan, «Ona tili» darsida «O'quvchi kun tartibi» mavzusida qoida tushunchasi, o'quvchilar qoidasi tushuntiriladi. Huquqiy nuqtai nazardan qoida nima sababdan o'rnatiladi, unga bo'ysunish majburiyat, burchligi o'rgatiladi. Bola ilk huquqiy terminlarning manosini anglay boshlaydi. Beshinchi sifdan boshlab ettinchi sinfgacha har bir sinfda 17 soatdan dars soati ajratilib, bolaning qabul qilish layoqati, yoshi, fanlarning murakkablanib borishi hisobga olingan holda, huquqiy bilim ham chuqurroq o'rgatiladi. Masalan, bu sinflardagi o'quvchilar: huquq tushunchasini; inson va fuqarolarning huquqiy holati asoslarini; mustaqillik, davlat ramzlari tushunchasini; mulk huquqi, fuqarolik huquqiy munosabatlar asoslarini; inson huquqi, bola huquqi; qonun va o'smir; huquqbuzarlik tushunchalarini va boshqa huquqiy bilimlarni o'rganadi 8-9 sinflarda maxsus «Huquqshunoslik» darsi o'tiladi. Unda huquqshunoslikdan O'zbekiston davlati va huhuhi bilan bog'liq bilim olinib, 9- sinfda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o'rganiladi. Har bir sinfda 34 soatdan dars o'tilishi rejalangan. Yuqori sinflarda huquqiy ma'lumotlar berilganda har bir mavzu bo'yicha o'qituvchi darslik, o'quv qo'llanmalardan tashqari qo'shimcha huquqiy hujjatlardan foydalanib, ma'ruza matnini yangiliklar bilan to'ldirib borishi lozim. Maxsus dasturga binoan 5-7 sinflarda 17 soatdan, 8-9 sinflarda 34 soatdan bir o'quv yiliga dars ajratilib, haftasiga bir soat dars o'tiladi. O'qituvchi «Huquqshunoslik» darslarini huquqiy tarbiya bilan bog'lab olib borishi kerak. Masalan, birinchi darsda huquqshunoslik fanining maqsad, vazifasini bayon etish bilan birgalikda, mustaqillik, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.86 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.86 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: doc