Tarbiyaviy ishlarni o'tkazishda mahkumlarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish Reja: Tarbiyaviy ishlarni o'tkazishda mahkumlarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish Mahkumning xulqiga jamoada unga nisbatan qilinadigan munosabatlar ham ta'sir etadi. Tarbiyaviy ishlarni o'tkazishda mahkumlarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish Inson dunyoga kelgan dastlabki kundan boshlab asosan atrofdagi muhit ta'sirida shakllanib boradi va shu asnoda shaxsiy yo'nalganlik tarkib topadi. Yo'nalganlik shaxsning murakkab xususiyatlaridan bo'lib, insonning faolligi va munosabatlarni tanlash tizimini o'z ichiga oladi. Talab va ishonch, xulq va odatlar, maqsad va kelajakdagi rejalar - bularning hammasi shaxs yo'nalishining turli elementlari hisoblanadi. Shaxsning yo'nalganligi hayot va faoliyatning har xil muhitida yuzaga keladi, shu bois ma'naviy-siyosiy, kasbiy va maishiy turlarga bo'linadi. Mahkumlar shaxsini ko'rib chiqadigan bo'lsak, ularning yo'nalganligiga g'oyasizlik, siyosatga nisbatan etiborsizlik, ma'naviy va ijtimoiy tubanlik xosdir. Maishiy yo'nalganlik esa, yashash davomida moddiy va estetik qarashlar tufayli yuzaga keladi. Inson o'z yo'nalishiga ko'ra harakat qilayotganida turli holatlarni boshqaradi. Ayrimlari umumjamiyat ta'siri ostida o'z yo'nalishini belgilab olsalar, boshqalari qabih niyat bilan maqsadga erishadilar. Mahkumlarning qilmishlarini to'g'ri tahlil qilish uchun har birining yo'nalishi bo'yicha chuqur bilimga ega bo'lish talab etiladi. Shaxsning yo'nalganligi uning yetukligi, qamrovi, harakatchanligi, turg'unligi, faoliyatining darajasi bo'yicha baholanadi. Ko'pgina mahkumlarning yo'nalganligi jamiyatga qarshi bo'lib, kriminal tavsifga ega. yetuklik darajasi bo'yicha yo'nalish deganda, shaxsning hayotda, jamiyatda tutgan o'rni, g'oyaviyli darajasi tushuniladi. Shaxs yo'nalishining keng qamrovliligi uning turli xil intilishlari bilan bog'liq. Masalan, ayrim odamlar turli sohalarda o'zlarini sinab ko'radilar, har xil mehnat faoliyatini yuritib, juda keng qamrovli hayot kechiradilar. Ammo ko'pchilik faqat bitta kasbiy faoliyat muhiti bilan cheklanadi. Oldingi jinoiy o'tmishidan haqiqatan voz kechgan mahkum ozodlikka chiqqandan keyingi hayotida har xil yo'llarga kirmaslikka ahd qilib, topshirilgan majburiyatlarni sidqidildan bajarib, ishlab chiqarish faoliyatida samarali mehnat qiladi. Ikkilangan yoxud o'z yo'lini to'g'ri tanlay olmagan mahkumlar esa befarq bo'lib qoladilar, tarbiyaviy ta'sirlarga qarshilik ko'rsatadilar. Mahkumlar faoliyatidagi motivlar shaxs yo'nalishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Motiv - inson ongida aks etgan ehtiyoj. Motiv sifatida xohish, dunyoqarash, istak, qiziqish hamda ideallar namoyon bo'lishi mumkin. Inson ehtiyojlari qanchalik keng va turli-tuman bo'lsa, motivlari ham shunchalik turg'un, xilma-xil va ko'p qirrali bo'ladi. Motivlar inson faoliyatini uyg'unlashtirib va yo'naltiribgina qolmay, balki uning subyektiv faoliyati va harakatlariga shaxsiy mano beradi. Bir xildagi qilmishlarni sodir etgan mahkumlar qarama-qarshi motivlarga ega bo'lishlari ham mumkin. Shunga ko'ra ularni baholash ham har xil bo'lishi lozim. Mahkumlar shaxsining yo'nalishida qiziqish, dunyoqarash va ideallar o'zini tutish motivlari sifatida asosiy o'rin egallaydi. Mahkumlarning motivlari juda o'zgaruvchandir. Sud, tergov yoxud jazo muddatini o'tash davomida ular o'zgarib turadi. Ularning rivojlanishi bir qator sharoitlar ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.15 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.15 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: doc