Tarmoqlararo sohalarni boshqarish Reja: 1. Iqtisodiyot sohasini boshqarish 2. Davlat statistikasi 3. Tabiatni muhofaza qilish 4. Davlat mulkini boshqarish 5. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 6. Tashqi iqtisodiy aloqalar 7. Bojxona sohasini boshqarish 8. Moliya va kredit sohasini boshqarish 9. Soliq sohasini boshqarish Iqtisodiyot mamlakat taraqqiyotining asosi hisoblanadi. Respublikamiz mustaqilikka erishgan dastlabi kunlardanoq o'zining bozor munosabatlariga asoslangan taraqqiyot yo'lini tanlab oldi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 dekabrda qabul qilingan farmoniga ko'ra iqtisodiyotga bozor mexanizmi va uslublarini joriy qilishni davom ettirish, jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish talablariga muvofiq iqtisodiyot va statistika organlarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirliga tugatilib, uning negizida O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi tashkil qilindi hamda mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi hamda kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, quyidagi g'oyat muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan chuqur o'ylangan va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni o'tkazish O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga yuklandi. Iqtisodiyot vazirligi quyidagi muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi: makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotni mutanosib va dinamik rivojlantirishni ta'minlash; ko'p ukladli va samarali faoliyat ko'rsatuvchi iqtisodiyotni shakllantirish, xususiy mulkchilikning yetakchi rolini ta'minlash, bozor infratuzilmasini rivojlantirish; boy tabiiy va mineral - xom ashyo resurslaridan, yaratilgan ishlab chiqarish va ilmiy-texnik potensialdan samarali va oqilona foydalanishga yo'naltirilgan aniq maqsadli tarkibiy siyosatni amalga oshirish, eksport imkoniyatini rivojlantirish va mamlakat iqtisodiyotini jahon iqtisodiy tizimiga keng integratsiyalashni ta'minlash; yangi ish o'rinlari yaratish, mehnat resurslarini ish bilan oqilona ta'minlash muammolarini hal etish, aholini aniq tarzda ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, aholi turmush darajasining barqaror, izchil o'sishini, ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanishini ta'minlash; mamlakat mintaqalari iqtisodiyotining mutanosib va kompleks rivojlanishini, ishlab chiqarish kuchlarining maqbul va samarali rivojlanishini hamda Respublika hududlari bo'yicha joylashtirilishini ta'minlash. Iqtisodiyot vazirligi o'ziga yuklangan vazifalarni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qisqa va o'rta muddatli prognozlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni ta'minlash hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksiga kiruvchi vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish yo'li bilan ro'yobga chiqaradi. Quyidagilar Iqtisodiyot vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi: jamiyatni rivojlantirish va demokratik qayta o'zgartirishlar maqsadi va ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va isloh qilishning, iqtisodiyotni boshqarishning bozor metodlari va mexanizmlarini joriy etishning puxta o'ylangan strategiyasi ishlab chiqilishini tashkil etish; asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni, Respublikaning, mintaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi darajasini kompleks ravishda izchil tahlil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning rivojlanish tendensiyalarini o'rganish, iqtisodiyotdagi mavjud nomutanosibliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo'llarini asoslash; iqtisodiyotni rivojlantirishning ko'p variantli senariylarini, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mintaqalar, tarmoqlar va iqtisodiyot sektorlari bo'yicha qisqa va o'rta muddatli prognozlari va ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
46.51 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
46.51 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: doc