tashkiliy axloq sifatidagi guruh Reja: Mehnat jamoasi (guruhi) tushunchasi, ko'rinishlari Komanda va uning rivojlanish bosqichlari Zamonaviy korxonadagi tashkiliy madaniyat Jamoadagi ijtimoiy - ruhiy muhit tashkilotdagi norasmiy jamoalar Mehnat jamoalarini shakllantirish Jamoa tashkiliy xulqining diagnostikasi (tashxisi) tashkilot xodimlarining boshqaruvdagi ishtiroki Mehnat jamoasi (guruhi) tushunchasi, ko'rinishlari Ishlab chiqarish ravnaqining zamonaviy darajasi jamoaviy mehnatga bo'lgan zaruriyat bilan bog'liq, bu, o'z navbatida mehnat jamoasining bo'lishini taqozo etadi. tashkilot samarali faoliyat yuritishi uchun mehnat jamoalari ishlashi qonuniyatlarini bilish va ulardan foydalanish kerak. Mehnat jamoasi (guruhi) deganda hamkorlikda mehnat qilayotgan, nisbiy ajratilgan ishchilar birlashmasi tushuniladi. Ular o'zaro shu tarzda bir-birlariga ta'sir o'tkazadilarki, har bir shaxs boshqalarga muayyan ta'sir ko'rsatish bilan bir vaqtda o'zi ham boshqalarning ta'siri ostida bo'ladi. Mehnat jamoalarini ishlab chiqarish, savdo-sotiq yoki boshqa jarayonni tashkil qilish uchun mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini amalga oshirayotganda rahbariyat tuzadi. Ushbu birlashma ba'zi tashkiliy birliklarga ega. Jamoalar (guruhlar) faoliyatining unumdorligi quyidagi omillarga bog'liq: guruh me'yorlari; kishilarning birdamligi; ixtilofga moyillik darajasi; guruh a'zolarining maqomi va bajaradigan vazifalari; guruh a'zolarining ma'lumoti darajasi; guruhlar ko'lami va jins-yosh bilan bog'liq tarkibi va b.sh.q. Shu tariqa, guruh ko'lami va ishda uning a'zolari qatnashuvi darajasi o'rtasida ma'lum bir muvofiqlik mavjud. Ayrim tadqiqotchilar aniq ishni bajarishda 5-7 xodimdan iborat guruh ko'proq samarali bo'lishi mumkin deb hisoblaydilar. Muhokama va jamoa qarorini qabul qilishda ko'pincha 10-12 kishi qatnashishi maqsadga muvofiqdir. Guruh tarkibi katta ahamiyatga ega. Haqiqatan ham, yoshi, jinsi, tajribasi, tayyorgarligi va boshqa jihatlariga ko'ra farqlanuvchi ishchilar tarkibidan iborat guruhlar bir xil tarkiblilarga nisbatan sermahsul bo'ladi. Lekin bunday guruhlarda ziddiyatlar ko'proq bo'ladi. Guruh mehnati yuqori samaradorligining muhim shartlaridan biri uning mustahkam birdamligidir. Bu esa guruh a'zolari birga o'tkazgan vaqt, guruh ko'lami, guruh tarkibi, guruhga qabul qilinish qiyinchiliklari, guruhning avval qo'lga kiritgan yutuq yoki muvaffaqiyatsizliklari; tashqi shart-sharoit kabi bir qator omillar bilan belgilanadi. Bunda tuzilgan guruh me'yorlari tashkilot maqsadlariga erishuv va jamoaviylik ruhini yuzaga keltirishga yordam beradi, ushbu holatda ziddiyatlilikning sog'lom darajasi ustun turadi va guruhdagi yuqori maqomga ega a'zolar ustunlik qilmaydilar. Menedjer uchun jamoa asosiy tayanchdir. Shu boisdan jamoa ishlarini to'g'ri uyushtirish uning dolzarb vazifasi hisoblanadi. U yoki bu sabablar tufayli xodimlar o'rtasida lavozimga tegishli majburiyatlarni aniq taqsimlash imkoni bo'lmagan joyda jamoaviy ishning o'rnini hech narsa bosolmaydi. Zamonaviy sharoitlarda boshqaruvchilik faoliyati amaliyoti ishchi guruhlarning bir necha ko'rinishlarini ishlab chiqdi. Ishchi guruhi bu - kishilarning muayyan birdamligidan iborat. Ular o'zlarini biron bir umumiy maqsadga ega guruh sifatida idrok etib, unda tashkiliy ravishda shakllanadilar. Bu guruhlarning asosan maqsadga yo'naltirilgan asosiy ko'rinishlari 1. jadvalda keltirilgan. Ba'zi mutaxassislar ishchi guruhlari (jamoalari) sirasiga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
222.38 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
222.38 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: doc