Tashkiliy va innovatsion o'zgartirishlar sharoitida tashkiliy xulq

Tashkiliy va innovatsion o'zgartirishlar sharoitida tashkiliy xulq

O'quvchilarga / Huquq
Tashkiliy va innovatsion o'zgartirishlar sharoitida tashkiliy xulq - rasmi

Material tavsifi

tashkiliy va innovatsion o'zgartirishlar sharoitida tashkiliy xulq Reja: tashkiliy va innovatsion o'zgartirishlar tushunchasi tashkilotdagi o'zgartirishlarni boshqarish O'zgartirishlarga qarshiliklar va ularni bartaraf etish tashkiliy va innovatsion o'zgartirishlar tushunchasi Zamonaviy tashkilotlar o'z faoliyatini doimiy o'zgartirishlar sharoitida amalga oshirishlari lozim. Bunda tashkilotlarni uzluksiz rivojlantirish uchun qo'shimcha imkoniyatlar ochib beradigan texnikaviy, iqtisodiy, siyosiy, demografik va ijtimoiy sohalardagi o'zgartirishlar tushuniladi. Ushbu o'zgartirishlar g'oyat muhim tashkiliy tadbirlardan iborat bo'lib, ular tashkiliy o'zgartirishlar deb ataladi. tashkiliy o'zgartirishlar menejerlar va boshqa xodimlarning tashkilotni yoki uning bo'linmalarini o'zlari uchun muhim yo'nalishlar bo'yicha tashkiliy jihatdan o'zgartirish sohasidagi aniq maqsadni ko'zlovchi faoliyati demakdir. Bu o'zgartirishlar tashkilotning tashqi muhitga moslashish qobiliyatini yaxshilashni va xodimlarning fe'l-atvorini o'zgartirishni ham o'z ichiga oladi. Mazkur o'zgartirishlardan kuzatilgan asosiy maqsadlar qo'yidagicha: tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirish; xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish; yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni o'zlashtirish; kompaniyaning bozordagi ulushini ko'paytirish va shu kabilar. tashkilotning moslashuv qobiliyatini yaxshilash uchun ko'pincha yangi texnologiyalarni va ish usullarini ishlab chiqadilar, tashkiliy tuzilmani qayta quradilar. Buning uchun aksariyat hollarda ishga solinayotgan vaqtinchalik yoki egiluvchan tuzilmalar tashkilotga yangilikni tezda o'zlashtirish imkonini beradi, yangi usullarga o'tishni tezlashtiradi, qarorlar qabul qilishda xodimlarning bemalol qatnashuviga ko'maklashadi, yangi yetakchilarning yuzaga chiqishi uchun sharoit yaratadi. Ana shularning hammasi xodimlarning shaxsiy fe'l-atvorini o'zgartirishni, ya'ni uni yangi sharoitga monand holga keltirishni talab qiladi. Shunga muvofiq xodimlarning mavqeini, ularning mas'uliyatini o'zgartirish choralari ko'rilishi lozim bo'ladi. tashkilotlarda amalga oshirilayotgan innovatsion o'zgartirishlarning ba'zi bir o'ziga xos xususiyatlari bor, ular haqiqiy innovatsiya faoliyatining xususiyatlari tufayli paydo bo'lgan tashkiliy o'zgartirishlarni o'z ichiga oladi. Shu munosabat bilan innovatsiyaning o'zi nimaligini tushunib olmoq kerak. Birinchisi - innovatsiyani ayni yangilik deb hisoblaydilar. Ikkinchisi - innovatsiya degani yangi mahsulot, texnologiyani yaratish jarayoni deb o'ylaydilar. Uchinchisi - innovatsiya sifat jihatidan avvalgilaridan farq qiluvchi yangi mahsulotlar, yondashuvlarni ishlab chiqarishga joriy etishdir. Bizningcha, innovatsiyalarni har tomonlama mukammal idrok etish uzviy jarayon bo'lib, u dastlabki g'oyani, investitsiyalarni, ITTKI (ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlanmalari) ni, mahsulotning tajriba namunasi yaratilishini va ko'plab ishlab chiqarilishini o'z ichiga oladigan bosqichlardan iborat izchil jarayondir. Shu sababli innovatsiya ta'rifiga tashkilotlarning innovatsion faoliyati maqsadini ham, uni amalga oshirish jarayonini ham, shuningdek, olinadigan natijani ham kiritishni taklif qilamiz. Bundan tashqari, joriy etilayotgan yangilik sanoatda qo'llash uchun qulay bo'lishi, ko'p martalab foydalanishga yaroqli bo'lishi lozim, deb hisoblaymiz. Ana shularni e'tiborga olib, tashkilotlardagi innovatsiyalarni muayyan iqtisodiy, texnikaviy, ijtimoiy, ekologik, bozorboplik va o'zga samaralarni olish maqsadida texnik-texnologik, tashkiliy-boshqaruv, ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan yangiliklarni ishlab chiqish, joriy etish, amalda qo'llash va ommalashtirishdan iborat mukammal jarayon, deb ta'riflashni taklif etamiz. Keyingi yillarda innovatsiya faoliyati turli sanoat tarmoqlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.66 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.66 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga