tashkiliy xulqning milliy xususiyatlari Reja: Turli mamlakatlar tashkilotlarida tashkiliy axloqning xususiyatlari Zamonaviy tashkilotlarda madaniyatlararo o'zaro ta'sir Turli mamlakatlar tashkilotlarida tashkiliy axloqning xususiyatlari Zamonaviy tashkilotlarda odamlarning tashkiliy axloqini boshqarish uchun mehnat jamoalaridagi shaxslarning milliy xususiyatlari va milliy madaniyatlarini nazarda tutish kerak bo'ladi. Milliy va mintaqaviy madaniyatlar farqlarida ayrim mezonlar mavjud. Ulardan biri vaqtdan foydalanish usulidir. Ushbu mezonga muvofiq madaniyatlar uch guruhga bo'linadi: monofaol madaniyatlar, ularda butun hayotni rejalashtirish, jadvallar tuzish, faoliyatni muayyan tartibda tashkil qilish, bir vaqtda faqat bitta ish bilan shug'ullanish qabul qilingan; polifaol esa, birvarakay bir necha ish qilishga odatlangan, ishlar ketma-ketligini jadvalga binoan emas, nisbiy yoqimliligi darajasiga va biron-bir tadbirning ayni paytdagi ahamiyatiga qarab rejalashtiruvchi harakatchan, kirishimli xalqlar madaniyatidir; reaktiv madaniyatlar, ularda xushmuomalalik va hurmatga katta ahamiyat beriladi, suhbatdoshini jim va osoyishta tinglash hamda takliflarga ehtiyotkorlik bilan javob berish afzal ko'riladi. Monofaol madaniyatlarning tipik vakillari o'z vaqtini tartib bilan, izchillik bilan va puxta tashkil qiladigan amerikaliklar, nemislar, shimoliy yevropaliklardir. Ular o'z faoliyatlarini birin-ketin davom etuvchi bosqichlarga bo'lib, muammolarni qat'iy izchillikda yechib, har bir bosqichda diqqatni jamlash orqali deyarli mukammal natijaga erishadilar. Polifaol madaniyat vakillari Lotin Amerikasi, Janubiy Yevropava Rossiya xalqlaridir. Ular bir vaqtda bir necha ishni boshlab, ko'pincha oxiriga yetkazmaydilar. Ushbu madaniyat namoyandalari bir masala yechimidan boshqasiga oson o'tib olishadi. Reaktiv madaniyatlarda (Yaponiya, Xitoy, Tayvan, Finlyandiya, Koreya, Turkiya) faoliyat qat'iy o'zgarmas reja asosida emas, vaziyat o'zgarishiga, bunga munosabatga qarab tashkil etiladi. Ushbu madaniyat sohiblari musohib fikrini eshitib, nuqtai nazarini aniqlab, so'ngra bir fikrga kelishni ma'qul ko'radilar. Ushbu xususiyatlarni bilish mutlaqo har xil dunyoqarashli alohida shaxslar yoki guruhlarning xatti-harakatlarini nazarda tutish va tuzatish imkonini beradi. tashkiliy axloqning o'ziga xos milliy modellarini ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Chunonchi, tashkiliy xulqning arab (urug'chilik) modeli urug'chilikning quyidagicha namoyon bo'lishini aks ettiradi: tashkilotda qarindoshchilik aloqalari mavjudligi; insonning ishi emas, o'zini baholash; rahbarning hurmati va ishonchiga asoslanib, martabasini oshirish; xodimlar tanlashda qarindoshligiga ko'ra ish tutish; o'zinikilar ni qo'llashga asoslangan boshqaruv uslubi; xizmatchining ish haqi miqdori rahbarga sodiqligiga bog'liqligi; kasbiy mahoratidan qat'iy nazar, begonalar ga ishonmaslik. Musulmon mamlakatlarining ko'pchiligida tashkiliy xulqqa din katta ta'sir ko'rsatadi. Islom dini xo'jalik hayotini qurishning tamal toshidir. Qisman, islomning ko'pchilik iqtisodiy tamoyillari erkin tadbirkorlik va savdo-sotiq vositasida foyda ko'rish (daromad olish) ni qo'llab-quvvatlaydi. Shuningdek, shaxsiy mulk huquqlari muhofazasi qo'llab-quvvatlanadi. Shu ma'noda mulk egalari g'arbda qabul qilingan mulk egasi ma'nosida emas, undan foyda oluvchi homiy hisoblanadi. Shunisi muhimki, mulk egalari undan to'g'ri foydalanishlari, ijtimoiy foydani ko'zlab yo'l tutishlari maslahat beriladi, bu esa islom dini tomonidan ijtimoiy javobgarlik tamoyillarini muvofiqlashtirishni aks ettiradi. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.48 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.48 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: doc