tashkiliy xulqning motivatsion asoslari Reja: Motivatsiya tushunchasi, turlari va jarayoni Motivatsiya nazariyalari Mehnat faoliyatini rag'batlantirish Motivatsiya tushunchasi, turlari va jarayoni Motivatsiya (grekcha motif, lotincha moveo - harakatlantiraman so'zidan yasalgan) - insonni biron-bir maqsadga erishish uchun astoydil intilish, bunga ishtiyoq uyg'otishga qiziqtirish va buning uchun kuch jamlash jarayonidir. Rahbarlar o'z xodimlari anglashi yoki anglamasligidan qat'iy nazar, ularni doimo maqsadga qiziqtirib keladilar. Qadim zamonlarda buning uchun qamchi va do'q-po'pisa ishlatilgan, ayrimlarga mukofotlar berilgan. XX asrga qadar agar ko'proq pul ishlash imkoniyati berilsa, odamlar yaxshiroq ishlaydilar, degan fikr hukmron edi, ya'ni motivlash sarflangan kuch-g'ayrat evaziga pul mukofoti taklif qilishdan iborat edi. Ammo keyingi tadqiqotlar bunday yondashuv noto'g'ri ekanini aniqladi va motivatsiya ehtiyojlarning murakkab majmuasidan iborat ekanini ko'rsatdi. Xodimlarni qiziqtirish uchun rahbar ularning ehtiyojlarini aniqlashi va bu ehtiyojlarni yaxshi ish orqali qondirishi lozim bo'ladi. Boshqaruvdagi motivatsiya usullarini quyidagicha ta'riflash mumkin: -iqtisodiy motivlash usullari - ish haqi, mukofot, imtiyozlar, foizlar, foydada qatnashish, aksiyalar paketi, qo'shimcha haq va h.k. -ijtimoiy motivatsiya usullari - jamoat o'rtasida rag'batlantirish, tashakkur e'lon qilish va ofarinlash, izza qilish va h.k. -ruhiy motivatsiya usullari - obro'-e'tiborini oshirish, befarqlik, zararli va ortiqcha ekanini sezdirish va h.k. -lavozim motivatsiyasi usullari - lavozimini ko'tarish, qo'shimcha vakolatlar berish va h.k. -ijtimoiy-ruhiy usullar - ijtimoiy faollikni oshirish, tajriba almashish, ishdagi boshqaruvdagi va kasb-kordagi axloq-odob va h.k. -ma'naviy motivatsiya usullari - shaxsiy uchrashuvda, jamoat o'rtasida tan olish, maqtash yoki tanqid qilish; -ishlarni loyihalash va qayta loyihalash (boyitish) usullari; -xodimlarni boshqaruvga jalb qilish usullari. Motivatsiyani ikkiyoqlama, chunonchi: -inson va guruhning ehtiyojlari, ruhiyati, odobini hisobga olib, samarali mehnatga undovchi shart-sharoit va sabablarni aniqlash va qondirish vositasi; -jismoniy yoki ruhiy yetishmovchilik yoki ehtiyojdan boshlanib, xattiharakatlarni kuchaytiradigan yoxud maqsadga erishishga yoki mukofot olishga qiziqtiradigan jarayon tarzida ko'rib chiqish mumkin. Ayni vaqtda motivatsiya jarayonini ketma-ket keladigan quyidagi bosqichlar tarzida ham tasavvur qilsa bo'ladi: -ehtiyojning kelib chiqishi; -ehtiyojni qondirish (bartaraf etish) yo'llarini izlash; -maqsadni (harakat yo'nalishini) belgilash; -ehtiyojni qondirish uchun zarur harakatlarni qilish; -harakatlarni amalga oshirganligi uchun mukofot olish; -ehtiyojni qondirish, bartaraf etish. Shu munosabat bilan ehtiyoj tushunchasini izohlab o'tish maqsadga muvofiqdir. Ehtiyoj: -inson ko'nglida vujudga keladigan; -turli kishilarda bir-biriga o'xshaydigan, ammo har kimda alohida namoyon bo'ladigan; -inson qutulishga intiladigan tuyg'udir. Motivlar - insonni harakat qilishga undaydigan, nima qilish va qanday qilishni belgilab beradigan, insonning dilidan ketmaydigan va har kimda har xil tarzda namoyon bo'ladigan xilqat. Motivlarni: -faollik turlariga qarab; -namoyon bo'lish vaqtlariga qarab; -insonning ehtiyoj turlariga qarab; -shaxsning muddaolariga qarab; -tuzilishiga qarab; -funksiyalariga qarab; -yetakchi motivatoriga qarab tasniflash mumkin. Motivlar ko'pgina omillarga bog'liq. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
129.81 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
129.81 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: doc