tashkilotda menejerning xulqi Reja: Menejerlar: tushuncha, vazifalari, xislati Menejerning yetakchilik xulqi. Menejerning faoliyat uslubi va imiji Menejerning ishdagi xulqi Menejerlarning etiket qoidalari Menejerning hokimiyati va ta'siri Menejerning rasmiy va norasmiy boshqaruvi Menejer va mulkdorning xulqi Menejerlar: tushuncha, vazifalari, xislati Menejer (ing. manager, manage - boshqarish) - boshqaruvchilik lavozimini egallaydigan va tashkilot faoliyatining muayyan turlari bo'yicha qaror qabul qilish vakolatiga ega bo'lgan shaxs. Menejer atamasi juda keng ma'noda ishlatiladigan so'z bo'lib: alohida bo'linma yoki maqsadli dastur guruhi doirasidagi ishlarning aniq turi tashkilotchisiga; korxona yoki uning bo'linmasi (boshqarmasi, bo'limi) rahbariga; qo'l ostidagi xodimlarning rahbariga; ishni tashkil qiluvchi har qanday darajadagi ma'murga; muayyan sohadagi tashkilotchi ishbilarmonga; -firmada ijrochilik huquqi bo'lgan va topshirilgan vazifani amalga oshiradigan rahbariyat a'zosiga nisbatan qo'llaniladi. Xullas, menejerlar tashkilotdga turli mavqeda bo'ladi, ularning faoliyat sohalari juda keng. tashkilot menejerlarsiz ishlay olmaydi, chunki ular quyidagi faoliyat sohalarini bajaradilar: tashkilotda ayrim operatsiyalar o'rtasida aloqa o'rnatadilar; tashkilotning asosiy vazifasi bajarilishini ta'minlaydilar; tashkilot yoki bo'linma jamoasiga rahbarlik qiladilar; obro'-etibori, bilimdonligi va hukmdorligi tufayli xodimlarini o'ziga ergashtiruvchi yo'lboshchi bo'ladilar; tashkilot faoliyatining strategiya va taktikasini ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar; tashkilot yoki bo'linma faoliyati natijalari uchun mas'ul bo'ladilar; tashkilot egasi bo'lgan subyektlarning manfaatlarini ta'minlaydilar; tashkilotning tashqi muhit (hokimiyat, sheriklar va shu kabilar) bilan aloqasida asosiy halqa rolini o'ynaydilar; jamoani uyushtiradilar va uning rivojini zarur yo'lga solib turadilar, jamoa a'zolarini yuksak ma'naviy va axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalaydilar; hozirgi zamon sharoitida ilm-fanning ahamiyatini tushunadigan, ixtiro yoki yangiliklarni qadrlaydigan va darhol ishlab chiqarish(tijorat)ga joriy etadigan innovator bo'ladilar; g'oyalarni rivojlantiradilar. Ularning kuchli va zaif tomonlarini topadilar, muammoning mohiyatini payqashga, haqiqatni aniqlashga intiladilar; qilingan ishlarni tahlil etadilar, baholaydilar, ishlarning ahvolini yaxshilash choralarini belgilaydilar va amalga oshiradilar; - turli tadbirlarda tashkilot nomidan qatnashadilar. Menejerning faoliyat sohalari va ularni amalga oshirishning vaziyatlari turlicha bo'lsa ham uchta asosiy sohani alohida ajratish mumkin. Birinchidan, menejer tashkilotning asosiy vazifalarini belgilaydi, resurslarni taqsimlash masalalarini hal etadi, kundalik ishga tuzatishlar kiritib turadi, qarorlar qabul qiladi, ularning amalga oshirilishi uchun mas'ul bo'ladi. Ikkinchidan, menejer ichki va tashqi holat haqidagi xabarlarni to'playdi, ularni ommalashtiradi va nihoyat, tashkilotning maqsadlarini tushuntiradi. Uchinchidan, menejer jamoaning rahbari bo'lib, tashkilotning ichki va tashqi munosabatlarini shakllantiradi, tashkilot a'zolarini maqsadlarga erishishga ruhlantiradi, ularning g'ayrat-harakatlarini muvofiqlashtirib turadi, tashkilot nomidan ish yuritadi. Muayyan paytda rahbar qanday boshqaruv vazifasini bajarayotgan bo'lmasin, u har bir borada va doimo aql-zakovatini ishga soladi, faoliyat shartlari, usullari yoki vositalaridan foydalanaveradi. Odatda menejerlarni uch pog'onaga: quyi, o'rta va oliy darajalarga bo'ladilar (1-rasm). Oliy pog'ona menejerlari 1-rasm. Ko'nikma va vazifalarning menejerlar pog'onasiga bog'liqligi Quyi bo'g'in menejerlari ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
153.24 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
153.24 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: doc