tashkilotdagi muloqot odobi Reja: tashkiliy muloqotlar tashkilotdagi noverbal kommunikatsiyalar Kengash - muloqotlarning bir turi Ish yuzasidan muloqot va muzoqaralar Telefon kommunikatsiyalari Aloqa vositalaridagi to'siqlar tashkiliy muloqotlar Shaxslar bilan ijtimoiy guruhlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir tashkiliy kommunikatsiyalar va axborot almashish orqali amalga oshiriladi. Axborot va kommunikatsiya tushunchalari bir-biri bilan bog'liq bo'lsa ham, ammo kommunikatsiya axborotni ham, uni qanday yetkazishni ham o'z ichiga oladi. Har qanday rahbarning faoliyati quyidagi tartib-qoida va yumushlarni bajarish bilan bog'liq bo'ladi: axborot olish, tekshirish va tahlil qilish; qarorlar ishlab chiqish va amalga oshirish; qarorlarning bajarilishini nazorat qilish va ularga tuzatishlar kiritib borish; bajarilgan qarorlarga oid ma'lumotlarni tartibga solish va saqlash. tashkiliy muloqotlarni (kommunikatsiya lotincha communicatio so'zidan yasalgan bo'lib, aloqa uzataman, muloqot qilaman degan ma'noni bildiradi) amalga oshirish mazkur faoliyatning asosiy usulidir. tashkiliy kommunikatsiyalar tizimi anchagina murakkab bo'lib, bir qator belgilarga ko'ra tasniflanuvchi ko'p turlarni o'z ichiga oladi (1- rasm). Vertikal kommunikatsiyalar pog'onalar o'rtasida axborot ayirboshlashni ko'zda tutadi. Bunda pastdan yuqoriga (master-sex boshlig'irahbar) va, aksincha, yuqoridan pastga qarab boradigan kommunikatsiyalar mavjud. Gorizontal kommunikatsiyalar tashkilotningg bo'linmalari (savdo bo'limi-hisobxona) yoki ijrochilar o'rtasida, shuningdek, sheriklar (firmalar, uyushmalar va sh.k.b. lar) o'rtasida aloqa bog'lashdan iborat. Muayyan kommunikatsiya odatda belgilarning yig'indisidan iborat bo'ladi. Masalan, korxona bo'linmalari rahbarlarining yig'ilishini firma ichidagi, rasmiy, vertikal, verbal va noverbal kommunikatsiya deb atasa bo'ladi. Bundan tashqari, menejmentda kommunikatsiyalar turli usulda amalga oshiriladi, ularni quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: - anglovchi (ma'lumot yetkazish yoki almashish uchun); ekspressiv (his-tuyg'ular, qarashlar, baholashlar to'g'risida); ishontiruvchi (mijozga ta'sir o'tkazish maqsadini ko'zlovchi yoki aksincha); ijtimoiy-urflarga oid (muloqot me'yorlariga rioya qilish uchun); so'z orqali ifodalanmaydigan (boshqa har qanday kommunikatsiyalar). tashkilotdagi kommunikatsiyalar quyidagi vazifalarni bajarishga xizmat qiladi: xabardor qilish - rost yoki yolg'on ma'lumot berish, qaror qabul qilish uchun zarur axborotni topshirish, bo'lg'usi qarorlarni muvofiq holga keltirish va chamalash; motivga oid - ishontirish, tanbeh berish, iltimos qilish, buyurish va h.k.z.yo'llar bilan xodimlarni muayyan ishni bajarish va yaxshilashga undash; - nazorat qilish - mansab pog'onalari yoki rasmiy bo'ysunuvchanlik asosida turli usullar bilan xodimlarning axloqi va fe'l-atvorini kuzatib borish; ekspressiv - his-tuyg'u va kechinmalarni, voqea-hodisalarga munosabatni, ijtimoiy ehtiyojlar qanday qondirilayotganini jonli ifodalashga ko'maklashish. 1-rasm. tashkiliy kommunikatsiyalar tasnifi. Ko'rsatilgan kommunikatsiyalarning samaradorligi turlicha. Xorijiy olimlarning tadqiqotlaridan ma'lum bo'lishicha, gorizontal aloqalarning natijadorligi 90%, vertikal aloqalarning natijadorligi 20-25%. Buning ma'nosi shuki, korxona-tashkilot ma'muriyatidan keladigan axborotning ana shuncha miqdorini ishchilar qabul qilib, to'g'ri tushunadi. Boshqacha qilib aytganda, ishchilar o'zlariga berilgan axborotning atigi beshdan bir qismini qabul qilib, o'z vazifalarini bajara oladilar. Ham yuqoriga, ham quyiga yo'nalgan kommunikatsiyalarning samaradorligi yetarli emasligi shundan darak beradiki, ishchilarning eng ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
342.46 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
342.46 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: doc