Tashkilotdagi nizolar va stress (ruhiy zo'riqish)

Tashkilotdagi nizolar va stress (ruhiy zo'riqish)

O'quvchilarga / Huquq
Tashkilotdagi nizolar va stress (ruhiy zo'riqish) - rasmi

Material tavsifi

tashkilotdagi nizolar va stress (ruhiy zo'riqish) lar Reja: tashkilotdagi ichki nizolar: tushunchasi, ko'rinishlari va kelib chiqish sabablari tashkilotda nizolarning boshqarilishi Stresslar va ularning boshqarilishi tashkilotdagi ichki nizolar: tushunchasi, ko'rinishlari va kelib chiqish sabablari Ko'plab mehnat jamoalarida vaqti-vaqti bilan u yoki bu nizo vaziyatlari yuzaga kelib turadi. Nizo (konflikt - lot. conflistus-nizo, ixtilof) - ikki yoxud undan ko'proq taraflarning, ya'ni aniq shaxslar yoki guruhlarning haqiqiy kurashidan iborat bo'lib, bunda har bir taraf o'zini haq deb biladi va o'z nuqtai nazari yoki maqsadining qabul qilinishi uchun boshqa tarafga aynan shunday harakatlarni amalga oshirishga to'sqinlik qiladi. Shunday fikrlar ham borki, nizo doimo xush nomaqbul hodisadan iborat, uni chetlab o'tish va kelib chiqishi bilan tezda hal etish zarur. Amalda tashkilot faoliyati samaradorligini oshirishga olib keluvchifunksional yoki guruh hamkorligi va faoliyatining unumdorligini susaytiruvchi(disfunksional) nizolar bo'lishi mumkin. Aniqrog'i, nizolar ham ijobiy, ham salbiy vazifalarni bajarishi mumkin (1-jadval). Nizolarning u yoki bu vazifalari ustunligi, asosan, ularning qanday boshqarilishiga bog'liq. 1-jadval Nizolarning vazifasi (oqibat-natijasi) Nizolarning asosiy 4 turi mavjud. Birinchi turi - shaxsning ichki nizoi. U turli shakl olishi mumkin. Ko'proq tarqalgan shakllaridan biri - rolga oid nizo bo'lib, bunda bir kishiga ishining natijasi qanday bo'lishi yuzasidan bir-biriga zid talablar qo'yiladi. Masalan, bevosita boshliq - bo'lim mudiri tovarshunosga poyafzal sifati tekshirilishini tezlatish uchun ko'rsatma beradi, sifat bo'yicha rahbar esa texnologik jarayonni sekinlashtirish hisobiga poyafzal sifati tekshirilishini yaxshilash kerak deb, qattiq talab qiladi. Bunda yakkaboshchilik tamoyilining buzilishi natijasida nizo kelib chiqadi. Ba'zan shaxsning ichki nizoi ishchining bir-birini inkor etuvchi rollarni bajarishi zaruriyatida yuzaga keladi. Qator hollarda, individning o'zida sodir bo'ladigan shaxsiy ichki nizo, tabiatan, uning o'z maqsadlari yoki dunyoqarashiining nizoidan iborat bo'ladi. Individ bir-birini rad etgan maqsadlarga erishish uchun urinsa, u - maqsadlar nizoi bo'ladi. Individ o'z fikrlari, qadriyatlari va umuman axloqining isxonar(asos)siz ekanligini tan olsa, u dunyoqarashlar nizoiga aylanadi. Ikkinchi turi - shaxslararo nizo (keng tarqalgan). Rahbarlar ko'pincha jamoaning manfaatlarini himoya qilishiga to'g'ri keladi (resurslarni bo'lib berish, asbob-uskunalardan foydalanish vaqti va b.). Qolaversa, har kim ana shu resurslar aynan unga ajratilishi kerak va bunga yuqori pog'ona rahbarlarini ishontirish shart, deb hisoblaydi. Xuddi shunday ziddiyat ikki mutaxassis o'rtasida, o'z loyihasini amalga oshirish paytida kelib chiqishi mumkin. Bir bo'sh ish o'rni (lavozim)ga ikki nomzod o'rtasida, shuningdek, alohida shaxslar sajiyasining turli xil qirrasi, dunyoqarashlari va qadriyatlarining farqlanishiga ko'ra ham nizo kelib chiqishi mumkin. Uchinchi turi - shaxs va guruh o'rtasidagi nizo. Masalan, norasmiy guruh axloq me'yorlari o'rnatadi. Bu guruhga qabul qilinishi uchun har kim ularga amal qilishi shart. Biroq, agar ma'lum ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 55.56 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 55.56 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga