Tashqi iqtisodiy bitimning predmeti Fuqarolik huquqi va majburiyatlarini vujudga keltirishga, ya'ni muayyan huquqiy natijaga erishishga qaratilgan harakatlar bitimlar deb hisoblanadi. Shunday ekan, bitim erk bayonnomasi. Bunday erk tan olingan shaklida, usulda bayon etilgan taqdirdagina huquqiy ahamiyat kasb etadi. Bunday usul erkni bildirishdan, izhor etishdan, bayon etishdan iboratdir. O'zining ushbu xususiyatlari bilan bitimlar huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi hodisalardan, voqealardan farq qiladi. Bitimlar fuqarolik huquq va majburiyatlarni vujudga kelishi, ularga o'zgartirishlar kiritish, ularni bekor qilish uchun asos bo'ladi. xalqaro munosabatlarda tashqi iqtisodiy bitimlarni yuzaga kelish asoslari uning predmeti bilan belgilanadi. xalqaro oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha tashqi iqtisodiy bitim predmeti bu - bojxona qiymatiga ega bo'lgan tovar hisoblanadi. Tovar sifatida individual - aniq ashyo ishtirok etishi lozim. Bitim sharti bo'yicha tovar haqidagi shartnoma rasmiylashtirilgan bo'lishi lozim. Bunda tovar bitimda to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatishi yoki uning miqdori va nomi ko'rsatilishining o'zi kifoya bo'ladigan holatlarda ham yuzaga kelishi mumkin. Masalan, tomonlar bitim bo'yicha quyidagilarga kelishganlar: Variant 1. «yetkazib beruvchi elektr plita va quritgich moslamalarini non mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yuqoridagilarning har qaysidan komplekt miqdorida yetkazib beradi.» Variant 2. «Yetkazi beruvchi tegishli taklif qilingan texnik hujjatlar asosida bitta mini-non zavodi uchun kerak bo'ladigan moslamalarni yetkazib beradi.» Bunday holatda, bu yerda bitim predmeti yuzasidan kelishib olinmaganlik masalasi kelib chiqishini ko'rishimiz mumkin. Bu yerda bitim predmeti texnik hujjatlarga havola qilinib individuallashtirilgan. U shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi. Tovar miqdori bitta zavod uchun ketadigan moslamalarning komplektatsiyasi bilan belgilanadi. yetkazib beriladigan tovarlarning nomi (turi, markasi, modeli, ishlab chiqilgan yil va boshqalar) to'liq bo'lishi lozim. U texnik dokumentatsiyaga muvofiq bo'lishi kerak. Agarda tovarni mohiyatini tashqi iqtisodiy bitimda yetarli darajada, qisqa yozishning imkoni bo'lsa, (masalan, murakkab moslama yetkazib berilganda) u umumiy tarzda bayon qilinadi. Lekin, bitimda bunday holatdagi shartnomaning bir qismi hisoblangan texnik hujjatlarga murojat qilish havola qilinadi. Agarda turli xil sifatdagi xarakterga yoki keng assartimentga ega bo'lgan tovarlar yetkazib berilayotgan bo'lsa, bunda tegishli tashqi iqtisodiy bitimlarga ilova qilingan hujjatlarda o'z aksini topgan bo'lishi lozim. Tashqi iqtisodiy bitimda tovarning individualligiga bo'lgan talabni bajarish uchun, tashqi iqtisodiy bitimda tovarning sifati va miqdori yuzasidan tegishli holatlar belgilanishi lozim. Bunday holatda barcha qonun normalari bir xil ahamiyat kasb etadi. Agarda bitimda sotilgan tovarning miqdorini aniqlash imkoni bo'lsa, u tuzilgan hisoblanadi. Tovarning sifatiga bo'lgan talab unchalik qat'iy emas. Bunga ko'ra, agarda shartnomada tovarning sifatiga tegishli qoidalar kiritilmagan bo'lsa, unda sotuvchi odatda foydalanish uchun, maqsadga muvofiq bo'lgan tovarni sotib oluvchiga topshirish kerak. Agarda, tashqi iqtisodiy bitimni tuzuvchi tomonlar tegishli mulk qanday maqsadlar uchun sotib olinayotganligini, tovarning sifati (standart yoki texnik shartlarda, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.09 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.09 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: doc