Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi tadbirkorlik

Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi tadbirkorlik

O'quvchilarga / Huquq
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi tadbirkorlik - rasmi

Material tavsifi

Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi tadbirkorlik Reja: 1. Tashqi iqgisodiy munosabatlarning huquqiy asoslari 2. Tashqi shdgisodiy faoliyag subyektlari 3. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi tashqi iqgisodiy faoliyat subyekglarining huquq va majburiyatlari Tashqi iqgisodiy munosabatlarning huquqiy asoslari Ma'lumki, har bir mustaqil davlatning muhim faoliyatlaridan biri tashqi munosabatlarish aniq va to'g'ri belgilashdir. O'zbekiston Respublikasi ham davlat mustaqilligiga erishganidan boshlab, o'zining tashqi munosabatlarini mustaqil belgilab oldi, Chet el davlatlari bilan teng huquq asosida hamkorlik o'rnata boshladi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi to'rrisidagi bayon hamda O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risidagi qonun muhim huquqiy hujjat bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to'g'risidagi qonunning 14-modsasida O'zbekiston Respublikasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mustaqil subyekti bo'lib, chet el investitsiyalarini amalga oshirish shartlari va investorlarning huquqlarini belgilaydi, o'zining konversiya qilinadigan valyuta jamg'armasini yaratadi, oltin va boshqa zaxiralarni, ayirboshlaydigan valyutani sotadi va sotib oladi, -deb ko'rsatilgan[1]. 1992 yil 8 dekabrda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiyasining IV bobida O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari belgilab berildi. Unda belgilanishicha, O'zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to'la huqukli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa qoidalari va me'yorlariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida itgafoqlar tuzishi, hamdo'stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin. Respublikamizning tashqi siyosati Konstitutsiyamizning ana shu qoidasiga muvofiqolib borilmoqsa. Boshqa mamlakatlar bilan tula ishonch negizida ikki ham ko'p tomonlama tashqi siyosiy hamda iqgisodiy munosabatlar tobora rivojlanib bormoqda. Tashqi iqtisodiy munosabatlarni o'rnatish va uni mustahkamlashga qaratilgan qonunlar va shu qonunlarga muvofiq huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Bunga misol qilib «O'zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to'rrisida»[2], «O'zbekiston Respublikasining investitsiya faoliyati to'g'risida»[3] va boshqa qonunlar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning faoliyatini rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»grt Farmonini, Vazirlar Mahkamasining O'zbekiston Respublikasida xorijiy sarmoyalar ishtirokida korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, shuningdek ularning tarkibiy bo'limlarini tashkil etish faoliyati to'g'risidagi qarori hamda xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, shuningdek, ularning tarkibiy bo'limlarini davlat tomonidan ro'yxatga olish tartibi to'g'risidagi Nizom singari bir qancha huquqiy hujjatlarni ko'rsatish mumkin. Ushbu qonunlar va huquqiy hujjatlar bilan Respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlarga eksportga mo'ljallangan tovarlar ishlab chiqarib hamda chet el investorlari bilan hamkorlikda mamlakatimizda sifatli mollar ishlab chiqariladigan korxonalar ochib, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarib jahon bozoriga chiqib borishlariga huquqiy kafolatlar yaratildi. Jumladan, «Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.92 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.92 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga