Tavakkalchilikning huquqiy asoslari va uning chegaralari HAR KIM MULKDOR BO'LISHGA HAQLI. BANKKA QO'YILGAN OMONOTLAR SIR TUTILISHI VA MEROS HUQUQI KAFOLATLANADI. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 36-modda. Tadbirkorlik - bu tashabbuskorlik va tavakkalchilik qilib va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi qonun doirasida faoliyat ko'rsatish va foyda topishni uyushtirishdan iborat. Demak, tadbirkor tavakkalchilik ko'rsatib faoliyat qilayotgandan albatta , o'zini huquqini, qilayotgan ishini qonunga zid emasligini, ayniqsa tavakkalchilikning huquqiy asoslari va uning chegaralarini bilishi va unga amal qilish lozim. Aks holda, u ma'muriy javobgar bo'lib qoladi. HUQUQIY TAVAKKALCHILIKLAR Qonunchilikning mukammal emasligi, hujjatlarning aniq rasmiylashtirilmaganligi, qonunchilikning ikki xil talqin qilinishi bilan bog'liq bo'ladi. TAVAKKALCHILIKNING HUQUQIY JIHATLARI O'TA MUHIM FUQAROLIK HUQUQIY JAVOBGARLIK HOLATI VAKOLOT TO'G'RISIDAGI MASALA Agar tadbirkorlik faoliyatining xo'jalik manfaatlari davlat manfaatlari bilan mos tushsa, kamdan kam hollarda jamoatchilik manfaatlari bilan zid holatlar yuzaga keladi, shuning uchun xo'jalik rahbarlarining jinoiy javobgarlikga tortilishi kam uchraydi. Ko'p hollarda qandaydir huquqiy manfaatlarga zid xatti-harakat oqibatida yetkazilgan zararni qoplatish sanutsiyasi uchrab turadi. Huquqiy tavakkalchilikni kamaytrish uchun amalga oshiriluvchi tadbirlar: Hujjatlarning mos keluvchi qismlarini aniq ifodalanishi Hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ushbu sohada amaliy tajribaga ega bo'lgan mutaxasislarni jalb qilish. Tavkkalchilikning zamonaviy huquqiy tushunchalarida qaror qabul qiluvchi shaxs xatti-harakatlaridagi noaniq omillar mavjudligi ifodalanadi, bu esa huquqiy adabiyotlarda hukmron bo'lgan tavakkalchilikga salbiy munosabatga olib keladi: huquq nuqtai nazardan tavakkalchilik, shartnoma bo'yicha zarani qoplash yoki boshqa mas'uliyat bajarishni havf ostiga qo'yishdir. Albatta bu qonunga hilof ish qilish qilish kerak degani emas, lekin bu boshqacha xo'jalik faoliyati natijalari uchun jinoiy va mehnat huquqi bo'yicha javobgarlikdan ozod etmaydi. Qonun tadbirkorlarning iqtisodiy va huquqiy mustaqilligini kafolatlaydi, ularning huquqlari va bir birlari bilan boshqa korxonalar hamda tashkilotlar bilan, barcha boshqaruv idoralari bilan o'zaro munosabatlarini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo'yilgan va mulkchilik shakllari asosida va ularga muvofiq tartibga solib turadi. Respublikamizda hozirgi paytda xususiy tadbirkorlikga katta ahmiyat berib kelinmoqda. Tadbirkorlik munosabatlari O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan ham tartibga solinadi. Bular qatoriga quyidagilar kiradi: Yer to'g'risidagi qonun Mulkchilik to'g'risidagi qonun Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risidagi qonun Korxonalar to'g'risidagi qonun Soliq kodeksi Tadbirkorlik to'g'risidagi So'ngi yillarda ham Respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va tartibga solish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruhsat berish tartib-tamoillari to'g'risida gi O'zbekiston Respublikasi qonuni 2012-yil 5-dekabrda ma'qullangan. Unga ko'ra tadbirkorlik faoliyatini belgilashda raqobatni cheklovchi imtiyoz yoki cheklovlarga yo'l qo'yilmaydi, ruhsat berish ochiq oshkora va tushunarli bo'lishi kerak, tadbirkorlik faoliyatini cheklashlar faqat qonunda ko'rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
55.09 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
55.09 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: pptx