Tekshirilayotgan hodisaning muayyan sharoitlarida qurolning o'q otish imkoniyatlarini aniqlash uchun uni tadqiq etish Qurol otish uchun yaroqli bo'lishi mumkin, lekin ba'zida qandaydir sharoitlar natijasida undan o'q otishning ikoniyati bo'lmaydi. Yoki, aksincha, qurol otish uchun yaroqsiz, lekin muayyan sharoitlar oqibatida undan o'q otishning imkoni bo'ladi. Birinchi holda avtomat mag'ozali to'pponcha misol bo'ladi. Ikkinchida esa jangovar prujinasi yo'q, tepkisiga zarba beriladigan vintovka misol bo'la oladi. Bunday hollarda ekspertiza tayinlanganda savollar tekshirilishi kerak bo'lgan sharoitlar haqida bo'ladi. Masalan: - raqamli miltiq qo'ndog'i qattiq buyumga urilsa, o'q otilishi mumkinmi? - Patronida patron bo'lgan va tepkisi saqlovchi holatda turgan raqamli TT to'pponchasi 1 metr balandlikdan beton polga tushganda, o'q otilishi mumkinmi? Bu yerda qoidalar emas, balki muayyan holat yoki sharoit haqida gap borar ekan, har bir aniq holat yoki sharoitni undan oldingi sharoitlarga bog'lab tekshirish kerak. Amalda ko'pincha bu hollarga qo'yib yuboruvchi mexanizmga atayin ta'sir ko'rsatmasdan (tasodifiy, beixtiyor ta'sir qilish natijasida) yuz bergan o'q otilishlari misol bo'ladi. Bunday holatlarning ko'plab sodir bo'lishi adabiyotlarda shunday hodisalarni ixtiyorsiz yoki (tasodifiy) o'q otilishlar, tepkini bosmasdan yoki tepki bosilmasdan o'q otilishlar deb atalgan alohida guruhga ajratib o'rganishga sabab bo'lgan. Shuning uchun bu hodisalarning turli xil keltirilgan nomlariga emas, balki bu kabi holatlarda kriminalistik ekspertizalar o'tkazishda ishning mohiyati va sharoitlarini hisobga olmaslik haqidagi tavsiyalarga e'tibor berish kerak. Bunday tavsiyalar, turli xil hodisalarning bir atama bilan atalishi, bu hodisalar sabablarining ham bir xil atalishi deb tushunilishi natijasida kelib chiqadi. Ammo bir xil ixtiyorsiz yoki tasodifiy o'q otilishiga bir emas, balki bir necha sharoit va holatlar sabab bo'lishi mumkin. Shuning uchun tekshirilayotgan holda jinoiy ish mohiyati va sharoitlariga hatto bir xil nomli ixtiyorsiz o'q otilishlar doirasiga bog'liq bo'lmagan ravishda, savollarni qanday shakllantirish kerakligi haqida gapirish mumkin emas. Fuqaro K.ning yaralanganligi haqidagi ish bo'yicha ekspertiza o'tkazilganda tepkisi ko'tarilgan holatda turganda zarba berilganmi yoki turtilganda o'q otilganmi, degan savolga javob topish uchun tepkili miltiq tekshirilgan. Ishning sharoitlari va mohiyatiga ko'ra, dastavval tepki hali ko'tarilmaganda ixtiyorsiz o'q otilishlar imkoniyati haqidagi tusmol, ya'ni tepkini jangovar holatdan emas, balki saqlovchi holatdan sirg'alib chiqib ketishi tekshirilishi kerak edi. Ekspertiza tayinlash va o'tkazishda jinoyat ishining bu sharoiti hisobga olinmaganligi uchun tadqiqotlar to'liq bo'lmagan. Natijada ekspertning yakuniy xulosasi haqiqatni ochishga yordam bermasdan, balki xalal bergan. Ko'rilayotgan turdagi kriminalistik tadqiqotlarda ishning mohiyati va sharoitlari juda katta ahamiyatga ega, chunki har bir aniq holatda otilishlar imkoni borligi yoki yo'qligining taxminlari aynan ana shu sharoitlardan kelib chiqadi. Shuning uchun o'q otilishlari imkoniyatini aniqlash uchun ekspertiza tayinlanishida ekspertni jinoyat ishining ixtiyorsiz o'q ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.04 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.04 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: doc