Telefon va boshqa qurilmalar orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish tartibi va taktikasi Reja: 1. So'zlashuvlarni eshitib turishning umumiy tartibi 2. Telefon va boshqa so'zlashuvni eshitib turish Taktikasi 3. Telefon va boshqa so'zlashuv vositalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish bayonnomasi Jinoyatni tergov qilish jarayonida dalil to'plash uchun o'tkaziladigan tergov harakatlari qatorida jinoyat-protsessual qonunda jinoyat ishining ayrim holatlarini tekshirish, isbotlash uchun telefon va boshqa so'zlashuv qurilmalari orqali so'zlashuvni eshitish nazarda tutilgan. Bu tergov harakatidan olinadigan ma'lumotlar, ayniqsa, uyushgan jinoiy guruh tomonidan sodir qilinadigan o'ta xavfli jinoyatlarni tergov qilishda, guruh ishtirokchilarining o'zaro muloqotidagi ishga oid so'zlashuv mazmuni jinoyatni ochishda muhim dalil bo'lib xizmat qiladi. Telefon va boshqa so'zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan axborotlarni eshitib borish ish yuzasidan isbotlanishi lozim bo'lgan holatlarni tekshirish, jinoyatni sodir etgan va unga aloqasi bo'lgan shaxslarni aniqlash, ularni qaerdan izlash va ushlab olish, jinoyat qurollari va boshqa obyektlarni yashirilgan joyini aniqlash, protsess ishtirokchilari xavfsizligini ta'minlash maqsadida ham o'tkaziladi. Mazkur harakatning o'tkazilishi JPK 169-171-moddalarida tartibga solingan. Jinoyatni tergov qilish jarayonida ish uchun ahamiyatga molik xabarlarni olish mumkinligiga etarli darajada asos bo'la olsa, surishtiruvchi, tergovchi telefon va boshqa so'zlashuv qurilmalari orqali so'zlashuvlarni eshitib turish to'g'risidagi qaror chiqarishga haqlidir. Qonunning bu talabi mazkur tergov harakatini avvalambor qo'zg'atilgan jinoyat ishlari yuzasidan o'tkazilishi lozim, ikkinchidan, telefon va boshqa qurilmalar orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitish uchun ishda etarli asos bo'lmog'i zarur, shundagina tergovchi, surishtiruvchi bu haqda qaror chiqaradi va prokurorning ruxsatini oladi. So'zlashuv qurilmalari deganda telefon va boshqa aloqa vositalari bo'lgan radiotelefon, radiorele, yuqori darajali radio to'lqinlar, kosmik aloqa, selektor o'tkazuvchi va boshqa texnik uskunalar, teletayp va telefaks tushuniladi. Bulardan olinadigan ma'lumotlar shahar, shaharlararo va xalqaro miqyosdagi so'zlashuv bo'lganligi uchun ham prokurorning ruxsati zarurdir, aks holda fuqarolarning Konstitutsiyada ko'rsatilgan huquq va erkinliklariga putur etkaziladi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining telefon va boshqa so'zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish tergovchining chiqargan qarori yoki sudning ajrimiga ko'ra amalga oshiriladi. Protsess qatnashchilari bo'lgan jabrlanuvchi, guvoh va ularning qarindoshlariga nisbatan kuch ishlatish, tovlamachilik, boshqa qonunga xilof harakatlar sodir etilish xavfi mavjud bo'lsa, so'zlashuvni eshitish uchun bu shaxslarning arizalari yoki yozma roziligi bo'lishi lozim. Mazkur holatlarda ham telefon eshituvlarini o'tkazish uchun prokurorning ruxsati bo'lmog'i kerak. Bazi hollarda telefon va boshqa so'zlashuv vositalaridan olib boriladigan so'zlashuvni eshitish va ish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar olishni kechiktirib bo'lmaydigan vaziyatlari tug'ilib qoladi. Bunday holatlarda tergovchi mazkur tergov harakatini JPKning 170-moddasiga binoan tezkorlik bilan o'tkazadi, aks holda, qulay fursat o'tib ketadi va muhim dalillar olinmay qoladi. Kechiktirib bo'lmaydigan hollarda o'tkazilgan tergov harakati ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.14 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.14 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: doc