Televideniya va internet yordamida G'arb universal madaniyatining dunyo bo'ylab tarqalishi G'oyaviy ta'sir ko'rsatish, individlar fikrini, qarashlarini muayyan maqsadlarga yo'naltirish, jamiyatda g'oyaviy jipslikni qaror topshirish, imonli komil insonlar shaxsini shakllantirishda ommaviy axborot vositalari (OAV) - televideniye, radio, gazeta va jurnallar, nashriy kitoblarning betakror o'rni bor Mafkuraning ta'sirli vositalari sifatida ular odamlarga, butun ommaga milliy mafkuraning Bosh va Asosiy g'oyalaridan kuzatilgan maqsadlarni tushuntirishda, shu jarayonda xalqning energiyasidan yaratuvchilik, bunyodkorlik yo'lida foydalanish imkoniyatini kengaytirishda muhim rol o'ynashlari mumkin OAV da xam milliy g'oya, uning tarixiy va falsafiy ildizlari, millatni jipslashtirishda, milliy mustaqillikni mustahkamlash, milliy qadriyatlar ruhini singdirishda uzoqqa mo'ljallangan maqsadli ishlar amalga oshirilishini zamonamiz voqeligi taqoza etib turibdi Ma'lumki, har bir xalq, millatning tarixan o'z-o'zidan shakllangan va an'anaga aylangan rasm-rusumlari, udumlari, urf-odatlari, marosimlari, bayramlari bo'ladi. An'analarni 2 turga bo'lish mumkin: birinchisi, yangi zamon ruhiga monand keladigan va shu tufaylidan millat sha'n-shavqati, g'urur va iftihorini rivojlantiradigan, xalqni - xalq, millatni - millat bo'lib uyushishga madad beradigan hayrli an'analar; ikkinchisi, yoshini yashab - oshini oshab bo'lgan, shu tufaylidan ijtimoiy taraqqiyot va inson komolatiga zavol bo'ladigan, milliy parokandalikka yo'l ochadigan zararli an'analar. Ma'lumki, sobiq SHo'rolar davrida milliy ongni xiralashtirish, shu jarayonda milliy madaniyatni yo'qotish siyosatiga xizmat qilgan mafkura ta'sirida ijodkorlarimiz 1918-1923 yillarda mustaqillik uchun milliy-ozodlik urushi olib borgan vatandoshlarimizni qonxo'r, zo'ravon, bosmachi etib ko'rsatish uchun chakana mehnat sarflamadilar. Mustaqillik sharofati bilan o'sha g'oyaviy tajovvuzkorliklar xato ekanini asosli ravishda porloq obrazlarda ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Biroq, milliy g'oyaga ixlos yetarli bo'lmagani uchun na sahnalarda va na kinoteatrlarda xalqimizga bunday asarlar taqdim etilmayotganiga taajjublanasan, kishi. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.01 MB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.01 MB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: ppt