Temur Tuzuklari - tarixiy huquqiy manba

Temur Tuzuklari - tarixiy huquqiy manba

O'quvchilarga / Huquq
Temur Tuzuklari - tarixiy huquqiy manba - rasmi

Material tavsifi

Temur Tuzuklari - tarixiy huquqiy manba Reja: Temur Tuzuklari - temuriylar davlatining asosiy huquq manbasi. Amir Temurning taxt vorislariga vasiyat va pand nasihatlari. Temur Tuzuklari bo'yicha mamlakatni boshqarish tartibi. Temur Tuzuklarida vazir va davlat amaldorlarini tayinlash tartibi. Temur Tuzuklari bo'yicha taqdirlash va rag'batlantirish. Amir Temur nomi bilan bog'liq bo'lgan uning siyosiy-huquqiy qarashlari to'plami Temur Tuzuklari, Voqeati Temuriy (Temurning boshidan kechirganlari) kabi nomlar bilan sharq va g'arbda mashhur bo'lgan to'plam Temurning hayotiy tajribalari asosida ishlab chiqilgan, qonun darajasiga ko'tarilgan va o'zining vorislari uchun nasihatlarini o'z ichiga olgan. Temur Tuzuklari XIV asrning II-yarmiga oid ijtimoiy-siyosiy voqealarni o'rganishga doir Temur saltanati uning davlati tizimi, boshqarilishi, sud tuzilishiga oid juda muhim qoidalar va ma'lumotlarni o'zida aks ettirgan tarixiy huquqiy manbadir. Tuzilishi jihatidan Temur Tuzuklari ma'muriy-harbiy kodeksdir. Tuzuklar ikki qismdan iborat bo'lib,: birinchi qismi - birinchi maqola Sohibqiron Temurning 7 yoshidan to uning so'nggi kunigacha bo'lgan hayoti, siyosiy faoliyati haqida aniqrog'i Amir Temurning asta-sekin Movarounnahrda hokimiyatini qo'lga kiritish va uning keyingi yurishlari asosida Temuriylar saltanatiga asos solinishi haqida hikoya qilinadi. Birinchi maqolada 31 tadan 13 ta kengash birma bir sanab ko'rsatiladi. Ikkinchi qism esa, Sohibqiron Temur nomidan shahzodalarga qaratilgan vasiyatlari, pand nasihatlaridir. Unda jahongir o'z vorislariga qarata davlatni idora qilish san'atining nozik sirlari, tamoyillari haqida yozilgan. Amir, vazirlar va beklarni tanlash, ularni joy joyiga qo'yish, qo'shin boshliqlari, ularni xizmat-larini taqdirlash, sipohiylar va ularning maoshlari kabi masalalari xususida vasiyat qilinadi. Temur Tuzuklari 1783 yil Angliyada, 1785 yil va 1981 yil hindistonda, 1868 yil Eronda bosmadan chiqadi. 1787 yil fransuz, 1830 yil ingliz, 1845 yil urdu, 1894 yil, 1934 yil rus, 1835 yil, 1857 yil turk (eski o'zbek) tilida, o'z ona yurtida esa 1991 yil nashr qilingan. Amir Temur toju-taxtlari vorislariga vasiyat va pand-nasihat-lar qilar ekan, jumladan shunday deydi: Mamlakatlarni fatx etuvchi baxtli farzandlarim va jahonni idora etuvchi qudratli nabiralarimga ma'lum bo'lsinki, tagri taolo darxogida umidim shulki, ko'plab farzandlarim, avlodim saltanat taxtiga o'tirib, mamlakatlarni idora etgay. Shuning uchun saltanat qurish, davlat tutish ishlarini bir necha tuzukka (dastur ul-amal) yozib qoldirdim, toki farzandlarim va avlodlarimdan bo'lganlarining har biri unga muvofiq ish yuritsin, mehnatu mashoqatlar, ko'p harbiy yurishlar, urush-taloshlar bilan tagrining inoyati va xazrat Muhammadning va salomlari bo'lsin, tole'i bilan millatning sharofati, on xazrating ulug'vor avlodi va qimmatli sahobalariga qilgan muhabbat va do'stligim orqali qo'lga kiritgan davlat va saltanatni saqlaganlar. Temur o'z fikrini davom ettirib yana shunday degan: Vorislarim bu tuzuklardan o'z saltanat ishlarini boshqarishda qo'llanma sifatida foydalangaylar, toki mendan ularga yetadigan davlat va saltanat zararu tanazzuldan ozod bo'lgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.44 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.44 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga