Temur va temuriylar saltanati davlati va huquqi

Temur va temuriylar saltanati davlati va huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Temur va temuriylar saltanati davlati va huquqi - rasmi

Material tavsifi

Temur va temuriylar saltanati davlati va huquqi Reja: 1. A.Temur va temuriylar saltanat 2. Temuriylar davlatining boshqaruv tizimi. 3. Temuriylar davlatining sud hokimiyati, harbiy qo'shin va soliq tizimi. 4. Temur tuzuklari- temuriylar saltanatining huquq manbai. XIV asrning o'rtalariga kelib, Movarounnahrda Chig'atoy ulu-sining ikkiga bo'linib ketishi natijasida hokimiyat ancha zaiflashadi. Taxt uchun olib borilgan kurashlar natijasida (1326-1358 yillar) mamlakatda siyosiy tarqoqlikdan foydalangan katta-katta viloyatlarni qabilalar boshliqlari, jumladan Keshni Xoji Barlos, Xujandda Boyazid Jaloyir, Balxni Uljoy Bug'asulduz, Toshkentni Xizir Yasevuriylaro'z mulklari sifatida mustaqil boshqarar edi. Buni sabablari birinchidan: Chig'atoy ulusini parchalanib, siyosiy tarqoqlikning avj olishi, ikkinchidan 140 yil hukm surgan Mug'ul zulimidan qutulishga intilish, uchinchidan Chig'atoy ulusini Mug'uliston xoni Tug'luq Temurxon tomonidan qayta bosib olinishiga intilishi bilan xarakterlanib kelgan. Ana shunday bir davrda Borlos begining o'g'li Tarag'ay Bahodir-ning o'g'li Temurbek tarix maydoniga keladi. Sharafutdin Ali Yazdiyning fikriga ko'ra A.Temur Xijriy 736 yil sha'ban seshanba 25 kuni ya'ni xijriy 1336 yil 9 aprelda tug'ilgan. Uning otasi Tarag'ay bahodur Barlos urug'ining boshlig'i bo'lib, Xo'ja Ilg'or qishlog'idan edi. Onasi Takina xotun ismli ayol edi. A.Temur yoshlik yillaridayoq bilim olishga kirishadi. Bu haqida uning o'zi shunday deydi: Yetti yoshga to'lganimda meni madrasaga olib borishdi va qo'limga so'zlar jadvalini berishdi. Men o'qiy boshladim. Va erishgan muvaffaqiyatlarimdan behad xursand bo'ldim. 9 yoshga to'lganda esa nomoz o'qiganligi, 12 yoshda o'z tengqur-lari bilan suhbatlar o'tkazganligi va nixoyat 21 yoshda otasini bor mol-mulkini boshqarganligini hikoya qiladi: Otam amir Tarag'oy va uning fuqarolarining ekini shu yil mo'l hosil berdi, qaramol va yilqi ham juda ko'p tug'ildi. har o'n xizmatkorni birini boshliq qilib qo'ydim, har 20ta otni bir podaga ajratdim har podani bir xizmatkorga topshirdim. Menga qarashli molu-mulkni boshqarishni maxsus ishonchli xizmatkorga topshirdim. Yuqoridagilardan ko'rib turibdiki Temur yoshligidanoq juda tadbirkor bo'lgan, boshqaruvni nozik sirlarini bilgan. Temurning dunyoqarashida davlatga, harbiy ishlarga bo'lgan qiziqish juda erta o'yg'onadi. Bu haqida shunday deydi: Men 10 yoshda o'zimda favqulodda hukmronlik va ulug'lik alomatlarini his qildim. 18 yoshimda o'zimning suvoriylik va ovchilik hunarim haqida ko'p o'yladim. Umrimni qur'on o'qish, shatranj o'ynash va ot minish mashqlariga sarf qildim. A.Temur davlatini tuzishga kirishar ekan, u Samarqanddan boshqa shahar va mamlakatlarni birma-bir ishg'ol qila boshlaydi. Mug'ul xoni Tug'luk Temurxonning o'g'li Ilyosxuja Movarounnahrni o'ziga buysundiradi. Amir Temur esa Keshni amiri etib tayinlanadi. Xon vafot etgandan so'ng uni o'g'li Ilyosxo'jaga bo'ysunmasdan mustaqil hokim bo'lib oladi. Turk amiri qozog'onning nabirasi Xusaynni jangda yengib 1370 yilda, bosh kent Balxni qo'lga kiritadi va ikkidaryo oralig'ida markazlashgan kuchli davlat tuzishga kirishadi. Temurning zafar qozonishida uch yillik yurish, besh ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.35 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.35 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga