Tergov tezkor guruhi tarkibida tezkor xodimning vazifalari va boshqa sohaviy xizmatlar bilan hamkorligi Reja: Tergov-tezkor guruhi tarkibida profilaktika inspektorining vazifalari Tergov-tezkor guruhi tarkibida mutaxassis kriminalistning vazifalari Tezkor xodim o'g'rilik jinoyatini ochishga qaratilgan quyidagi tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish natijasida jinoyatchini topib, ushlashi mumkin: jinoiy unsurlar to'plangan joyda tezkor-qidiruv tadbirlari o'tkazish; jabrlanuvchi va guvohlar bilan birgalikda jinoyatchi paydo bo'lishi mumkin bo'lgan joylarni aylanib chiqish; jinoyat sodir bo'lgan hududda tegishli reyd va operatsiyalar o'tkazish; jinoyatchi yurishi ehtimol tutilgan hududlarda (vokzallar, transport bekatlari va hokazo) to'siqlar, kuzatish postlari qo'yib chiqish; ushbu turdagi jinoyatlar tez-tez sodir etilayotgan ma'muriy hududlarda tezkor-qidiruv va boshqa xizmat xodimlarini (fuqarolik kiyimida) jalb etgan holda patrullik yo'nalishlari tashkil etish; aholi yashash punktlaridan chiqish joylaridagi YPX maskanlarida transport vositalarining tekshiruvini tashkil qilish; ichki ishlar organlari navbatchilik qismlariga olib kelingan barcha shaxslar ustidan tezkor tekshiruvlar o'tkazilishini tashkil qilish; jinoyatchi, masalan, to'siqni buzish paytida tan jarohati olganligi sababli murojaat etishi mumkin bo'lgan tibbiy muassasalarni tekshirish. Jinoyat sodir etgan shaxs haqidagi axborotda o'ziga xos xususiyatlar borasidagi ma'lumotlar ushbu vaziyatning muhimligini ko'rsatib beradi. Uning shaxsiy xususiyatlari deganda, unga to'liq yoki qisman tegishli bo'lgan ma'lumotlar: insonni shaxsan ta'riflovchi yashash joyi, yoshi, familiyasi, ismi va otasining ismi tushuniladi. Ushbu vaziyatdagi vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadiga quyidagilar kiradi: jinoyatchining aniq yashash joyi haqidagi ma'lumotlarni to'plash; qo'shnilaridan uning bo'lishi mumkin bo'lgan joylar haqida surishtirish va so'rov o'tkazish; jinoyatchi bilan qarindoshlik aloqalari bo'lgan shaxslarni topish va ular bilan so'rov o'tkazish; u bilan yaqin aloqada bo'lgan shaxslarni topish va ular bilan so'rov o'tkazish; ichki ishlar organlarining boshqa xizmat va bo'limlarini u haqdagi ma'lumotlar bilan ta'minlash, shuningdek, qidirilayotgan jinoyatchi haqidagi ma'lumotlarni uning suratlarini ilova etgan holda aholiga yetkazish; jinoyatchi paydo bo'lishi kutilayotgan joylarda uni ushlash uchun nazorat guruhlarini qo'yish; uning chiqib ketishi mumkin bo'lgan hududlarda nazorat ishlarini tashkil etish; maxsus xizmat xodimlariga uning bo'lishi yoki yashirinishi mumkin bo'lgan joylarni aniqlash bo'yicha alohida vazifalar belgilash. Jinoyatlarni ochishning ilk bosqichidagi dastlabki vaziyatlarda odatda jinoyatchining tashqi qiyofasi (jinsi, yoshi, bo'y-basti, kiyimi, alohida belgilari va boshqalar) haqida axborot mavjud bo'ladi. Bu ma'lumotlar kelgusida tashqi belgilari jinoyatchinikiga o'xshash bo'lgan va shahar (tuman) ichki ishlar organlarida hisobda turgan shaxslarni tanlab berish, IIV va IIB axborot markazlari orqali (masalan, ASIL, «IZLOV» tizimi imkoniyatlaridan foydalanib) tekshirish haqida talabnomalar tayyorlashda qo'l keladi. Shuningdek, jinoyatchining tashqi qiyofasiga oid ma'lumotlardan shaxsni foto va video hisoblar bo'yicha aniqlash borasidagi tezkor-qidiruv tadbirlarini tashkil qilishda, aholiga jinoyatchining shaxsini aniqlash haqida murojaatnomalar tayyorlashda, odamlardan qidirilayotgan jinoyatchilarga o'xshash shaxslar haqida so'rab-surishtirishda foydalanish mumkin. Jinoyatchining kimligi malum, ammo qaerdaligi nomalum bo'lgan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
43.76 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
43.76 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: docx