Tergov eksperimentini o'tkazish taktikasi

Tergov eksperimentini o'tkazish taktikasi

O'quvchilarga / Huquq
Tergov eksperimentini o'tkazish taktikasi - rasmi

Material tavsifi

Tergov eksperimentini o'tkazish taktikasi Reja: 1. Eksperiment tushunchasi va vazifasi 2. Tergov eksperimentini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish 3. Tergov eksperimentini o'tkazish tartibi va taktikasi 4. Tergov eksperimentining natijalarini rasmiylashtirish Tergov eksperimenti - kriminalistik taktika tizimida mustaqil tergov harakati bo'lib, jinoyat ishini tergov qilish jarayonida sodir bo'lgan hodisaning ayrim holatlarini va vaziyatlarini tajriba usulida tekshirishdan iborat. Tergov eksperimentining mohiyati shundaki, muqaddam bo'lib o'tgan hodisalarni, jinoyat ishiga aloqador bo'lgan holatlarni voqelikda haqiqatdan bo'lganligini yoki bo'lmaganligini aniqlash maqsadida, ular aynan malum sharoitlarda tiklanib tekshiriladi. JPKning 153-moddasida tergovchi tergov jarayonida so'roq qilingan shaxslarning ko'rsatuvlarini, boshqa dalillarni, shuningdek, ish yuzasidan qilingan versiya, tekshirilayotgan hodisaga oid muayyan sharoit va holatlarni tiklash hamda zaruriy tajribalar o'tkazish orqali tekshirishga haqlidir, deyilgan. Tekshirilayotgan holatlar, guvohlar, jabrlanuvchilar, jinoyatda gumon qilinayotganlar va ayblanuvchilarning ko'rsatuvlaridagi biron hodisani idrok qilish, eshitish, ayrim harakatlarni bajarish imkoniyati bo'lgan-bo'lmaganligini aniqlashdan iboratdir. Guvohning jinoyat hodisasiga oid malum dalillarni ko'rganligi, eshitganligi haqidagi ma'lumotlari o'sha vaqtdagi sharoitda (yorug'lik, masofa, shovqin kabi) ko'rish va eshitish imkoni bo'lganligini tekshirishga zarurat tug'iladi. Shuningdek, gumon qilinayotgan shaxs yoki ayblanuvchining ayrim jinoiy harakatlari: buzib kirgan joydan malum buyum-ashyolarni olib chiqib ketish imkoni, ko'p miqdordagi tovarlarni bitta yuk mashinasida olib ketganligi kabi ma'lumotlarni tekshirishda, eksperiment ko'rsatilgan vaziyatlar-holatlar sun'iy tiklanib, tajriba qilib o'tkazishdan iborat bo'ladi. Tergov eksperimenti jinoyat ishi yuzasidan mavjud bo'lgan ma'lumotlar va ehtimolga qarshi bo'lmagan fikrlarni tekshirishga qaratilgan bo'lib, ushbu ma'lumotlar va fikrlar malum sharoitlarda voqelikda bo'lganligiga ishonch hosil qilishga qaratilgan bo'ladi. Tergov eksperimenti natijalari ijobiy - tasdiqlovchi bo'lib chiqsa, tekshirilayotgan dalil yoki versiya to'g'ri ekanligi aniqlanadi, aks holda inkor etuvchi natija hosil bo'lganda, tekshirilayotgan ma'lumotlar noto'g'ri ekanligi, ko'rsatuvdagi vaziyat-holatlarning asossiz yoki yolg'on ekanligi isbotlanadi. Tergov eksperimentini o'tkazish maqsad-vazifasi jinoyat ishining tergovi jarayonida to'plangan, topilgan dalillar (suroqda olingan ma'lumotlar), ishning ayrim holatlari yuzasidan hosil bo'lgan versiya va boshqa xabarlarni to'g'ri haqiqat ekanligini tekshirishdan iboratdir. Shu bilan birga mazkur tergov harakati vazifasiga jinoyatni ochish-isbotlash uchun yangi dalillarni topish, mustahkamlash va ularni to'g'ri baholab, ayblov fikriga asos qilish masalasi ham kiradi. Tergov eksperimenti vazifalariga ko'ra, boshqa tergov harakatlariga o'xshab ketadi va ayrim qismlari o'zaro bog'liqligi bilan namoyon bo'ladi. Ayniqsa eksperiment ko'rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish tergov harakatiga o'xshash bo'lib, ikkala protsessual harakat so'roq natijasida olingan ko'rsatuvlarni tekshirishdan iboratdir. Shu bilan birga ular orasida muhim farqlar mavjud bo'lib, ular shundan iboratki, eksperimentda ko'rsatuvdagi ayrim dalillarni bo'lib o'tgan voqelikda, shart-sharoitda, sun'iy tiklash bilan tajriba qilib tekshiriladi. Hodisa joyida ko'rsatuvlarni tekshirish esa, so'roq paytida olingan ma'lumotlardagi ayrim holat-vaziyatlar haqiqiy hodisa joyidagi vaziyatlarga to'g'ri kelishi aniqlanadi, bazi ma'lumotlar to'ldiriladi, tekshiriladi. Hodisa joyini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.72 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.72 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga