Tergov versiyalari to'g'risida ta'limot

Tergov versiyalari to'g'risida ta'limot

O'quvchilarga / Huquq
Tergov versiyalari to'g'risida ta'limot - rasmi

Material tavsifi

Tergov versiyalari to'g'risida ta'limot Reja: 1. Tergov versiyasi tushunchasi va tasnifi 2. Tergov versiyalarini tuzish, tekshirish va natijalarini baholash «Versiya» atamasi faqat kriminalistikada emas, balki dunyoviy ilmlarning ko'pgina boshqa sohalarida ham qo'llaniladi. Masalan, matnshunoslikda qo'lyozma mazmunidan anglashiladigan fikr xususidagi har xil versiyalar haqida so'z yuritiladi. Odatda filologlar va san'atshunoslar badiiy asarlarning versiyalarini muhokama qiladilar. Tarix fanida tarixiy dalillarning bir-biriga zid izohlari (versiyalari, ya'ni soddaroq aytganda, ehtimol tutilgan holatlari) o'zaro raqobatlashadi. Ularni jinoyat sudlov ishlarini yuritishning boshqa versiyalaridan ajratishga, bu tushunchaning kriminalistikadagi vazifasi va mazmunini aniqlab olishga intilish «tergov versiyalari» so'z birikmasi yuzaga kelishiga sabab bo'ldi, uning to'g'risida mustaqil ta'limot shakllanishiga ko'maklashdi. Ushbu kriminalistik ta'limot jinoyat sudlov ishlarini yuritishdagi versiya tushunchasi, uning asoslari va tuzilishi, uni tekshirish va baholash haqidagi nazariy qoidalar majmuidan iboratdir. Tergov versiyalarining mohiyati ularning qo'llanish sohasi - jinoyat ishlarini tergov qilish bilan bog'liq. Tergov qilish - bu o'tmish voqelikni bilib olish jarayonidir. Uning obyekti yuzada yotmaydi. Tergovchi ilgari bo'lib o'tgan, to'g'ridan-to'g'ri idrok etib bo'lmaydigan dalillarni bila boshlaydi. Tergov qilish - bu tafakkur va tasavvurga, hissiy va mantiqiy bilishga asoslangan, tergov amaliyotida tuzatishlar kiritib boriladigan chuqur hamda ijodiy mushohadadir. Nihoyat, tergov qilish - bu dalillarni shunchaki qayd etish emas, balki murakkab dialektik jarayondir: tergovchi hodisaning tashqi jihatidan uning tub mohiyatini, sabablarini, alohida-alohida faktlar o'rtasidagi aloqalarni aniqlagani sari chuqur tushunib boradi. Bu jarayon mashaqqatli, ziddiyatli, ko'p bosqichlidir. Uni ishonchli yo'nalishsiz amalga oshirib bo'lmaydi. Jinoyat ishi bo'yicha haqiqatni aniqlash boshqa sohalardagi bilimlar to'plash jarayoni kabi voqea to'g'risidagi muayyan bo'lmagan, ehtimollik darajasiga ega bo'lgan ma'lumotlar to'plash, ularni aniqlab to'liq va aniq bilimni qo'lga kiritishdir. Tergov qilinayotgan voqea to'g'risida ma'lumot to'liq va aniq emasligi tabiiy holat bo'lib, tergovchi aniqlagan faktlarning aksariyati taxminiy bo'lishi mumkin. Ushbu faktlarning kelib chiqishi tabiati ham shu kabi aniq bo'lmasligi tergovchini taxminiy fikrga olib kelishi mumkin. Dalillarni bosqichma-bosqich tahlil etish ularni tekshirish, jinoyatga oid axborotning to'planishi bilan ehtimollik tarzidagi fikrlar to'liq va aniq bo'lgan ma'lumotlar bilan almashadi, taxminlar o'z o'rnini aniq xulosalarga bo'shatib beradi. Tergov versiyasi - bu tergovchining tekshirilayotgan hodisa mohiyati va sabablari, aybdor shaxslar va ular aybining xususiyati, ishning boshqa holatlari to'g'risidagi taxminidir. Bu ma'lumotlar va dalillarning mumkin qadar keng umumlashtirilishi, ularning yagona izoh bilan birlashtirilishi demakdir; versiya jinoyatni to'liq ochishga, jinoyatchilarni fosh qilishga, aybsizlarni oqlashga qaratilgan. Nihoyat, tergov versiyasi - bu tekshirilayotgan hodisalarning tergovchi tasavvurida fikran yaratilgan obrazi, modeli, shakl-shamoyilidir. Tergov versiyasi - fikrlash jarayonining uchta jihati: bilishga oid, mantiqiy va ruhiy jihatlari birligining natijasidir. Aynan shu bois kriminalistik nazariyada uning mohiyati xususida turlicha nuqtai ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.36 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.36 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga