Tergovchining o'g'rilik jinoyat ishi bo'yicha dastlabki tergovning yakunlovchi bosqichidagi vazifalari Reja: Shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish. Ayblanuvchini so'roq qilish Eksperiment o'tkazish Shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish. Jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqida qaror qabul qilishda tergovchi to'plangan dalillar shaxsning aybini isbotlash uchun etarli ekanligiga ishonch hosil qilishi lozim. Shu bilan birga, tergovchi o'z tasdig'ini to'liq topmagan dalillarga tayangan holda elon qilingan ayblovga ishonib qolmasligi lozim. Sababi, jinoyat ishi bo'yicha hali tergov harakatlari to'liq yakunlanmagan bo'ladi va bu jarayonda shaxsni oqlovchi dalillar ham topilishi mumkin. Jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish jarayonida quyidagi muhim holatlarga alohida etibor qaratish lozim: dalillar majmui; ayblovning shakllantirilishi; qaror chiqarilishi; qarorning elon qilinishi; huquq va majburiyatlarni tushuntirish. Jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish natijasida jinoyat protsessining asosiy ishtirokchisi - ayblanuvchi paydo bo'ladi. Shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to'g'risida tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi, unda: ayblanuvchi tariqasida jalb etilayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug'ilgan kuni, oyi va yili; ayblovning mazmuni, yani shaxsning zimmasiga qo'yilayotgan jinoyat hodisasi, u sodir etilgan joy, vaqt va boshqa muhim holatlar bayoni; Jinoyat kodeksining ushbu jinoyatni nazarda tutgan moddasi, qismi, bandi aks ettirilishi lozim. Shaxs Jinoyat kodeksining turli moddalari, qismlari yoki bandlarida nazarda tutilgan bir necha jinoyatni sodir etishda ayblanganda bu jinoyatlardan har birining mohiyati va yuridik tavsifi alohida ko'rsatilishi lozim. Qarorning xulosa qismida mazkur shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to'g'risida to'xtamga kelinganligi ifodalanishi kerak (JPK 361-m.) Tergovchi ish bo'yicha to'plangan dalillar majmuidan kelib chiqqan holda shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qiladi. Tergovchi shaxsga qabul qilingan qarorni elon qilishi bilan birga JPKning 46-moddasida belgilangan ayblanuvchining huquq va majburiyatlarini tushuntirishi lozim. Ayblanuvchining jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar u aybsiz hisoblanadi. Lekin shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish uni jinoiy javobgarlikka tortishning boshlang'ich bosqichidir. Ayblanuvchini so'roq qilish. Ayblanuvchini so'roq qilish gumon qilinuvchini so'roq qilish tartibiga o'xshash bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi JPKning 11-moddasiga muvofiq, ayblanuvchini birinchi marta so'roq qilishdan oldin tergovchi JPKning 98-100-moddalarida nazarda tutilgan harakatlarni bajarishi shart. Shundan u so'ng quyidalarni amalga oshiradi: ayblanuvchiga uning JPKning 46-moddasida nazarda tutilgan protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntiradi; ayblanuvchi bilan shartnoma tuzgan himoyachining yoxud agar ayblanuvchi shartnoma tuzishga ulgurmagan yoki tuza olmagan bo'lsa, boshqa himoyachining so'roqda ishtirok etishini ta'minlaydi; gumon qilinuvchiga ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganligi to'g'risidagi qarorni ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.73 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.73 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: docx