Tergovchining o'g'rilik jinoyat ishi bo'yicha keyingi tergov harakatlarini o'tkazish borasidagi vazifalari Reja: Tergovchining o'g'rilik jinoyat ishi bo'yicha keyingi tergov harakatlarini o'tkazish Gumon qilinuvchini so'roq qilish. O'g'rilik jinoyatini tergov qilishning keyingi bosqichi jinoyat ishi bo'yicha dalillar to'plash va mustahkamlashga qaratilgan tergov va tezkor-qidiruv tadbirlarini o'tkazish zarurati bilan tavsiflanadi. Mazkur bosqichning muhim omili tergov harakatlariga puxta tayyorgarlik ko'rish, gumon qilinuvchi (ayblanuvchi)ning shaxsini sinchkovlik bilan o'rganish va u yoki bu harakatni amalga oshirish vaqtini to'g'ri tanlash imkoniyati hisoblanadi. Ularni tanlash va amalga oshirishning ketma-ketligi dastlabki tergov harakatlarini amalga oshirishdan keyin vujudga kelgan tergov vaziyati bilan bog'liq. Ko'p hollarda tergovning navbatdagi bosqichida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: o'g'rilik sodir etgan shaxslarni ushlash, ushlangan shaxsni tintuv qilish, ayblanuvchini so'roq qilish, ekspertiza tayinlash, tintuv o'tkazish va olib qo'yish, tanib olish uchun ko'rsatish, eksperiment, ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirish. Tergov harakatlarini o'tkazish ketma-ketligini tergovning boshlang'ich bosqichida to'plangan daliliy bazani inobatga olgan holda jinoyat ishidagi aniq holatlardan kelib chiqib belgilash lozim. O'g'rilik jinoyatini sodir etgan shaxslarni ushlash. O'g'rilik sodir etgan shaxslarni ushlash jinoyat-qidiruv bo'limi tezkor vakillari tomonidan tergovchi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan reja asosida amalga oshiriladi. JPKning 220-moddasiga asosan ushlab turish jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni uning jinoiy faoliyat bilan shug'ullanishiga barham berish, qochib ketishining, dalillarni yashirishi yoki yo'q qilib yuborishining oldini olish maqsadida qisqa muddatga ozodlikdan mahrum qilishdan iboratdir. Ushlab turish jinoyat ishi qo'zg'atilgunga qadar ham, ish qo'zg'atilganidan keyin ham amalga oshirilishi mumkin. Ish qo'zg'atilganidan keyin ushlab turishga faqat surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qaroriga yoki sudning ajrimiga muvofiq yo'l qo'yiladi. O'g'rilik sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni ushlashga puxta tayyorgarlik ko'rish lozim. Ushlashga tayyorgarlik ko'rishda jinoyat ishi materiallarini o'rganish; ushlanishi lozim bo'lgan shaxslar to'g'risida ma'lumotlar yig'ish; ushlash joyi va vaqtini belgilash; ushlash amalga oshiriladigan joydagi sharoitni o'rganish; gumon qilinuvchilarni bir vaqtda va turli joylarda ushlash uchun ularni bir-birdan ajratish choralarni ko'rishdan iborat bo'ladi. Yuqorida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxslar qurollangan bo'lishi mumkin. Shuning uchun atrofdagilar xavfsizligini ta'minlash maqsadida ushlashni erta tongda yoki tunda amalga oshirish maqsadga muvofiq. Ushlashni uylarga kirish yo'lagida, tor ko'chada, xiyobonda va boshqa shu kabi joylarda amalga oshirish maqsadga muvofiq. Ushlashni ish joyida ham amalga oshirish mumkin, bunda gumon qilinuvchi boshqaruvchining xonasiga yoki boshqa xonaga taklif qilinadi va shu yerda ushlanadi. Agar jinoyatning bir ishtirokchisi aniqlangan bo'lsa, unda jinoiy guruh qolgan a'zolarining turgan joylarini aniqlash maqsadga muvofiq, chunki uni darhol ushlash noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ushlashni kechiktirish, jinoyatchini kiyimida, tanasida, uyidagi ashyolarda jinoyat ishi uchun muhim izlarning yo'qotilishiga olib kelishi mumkin bo'lgan hollarda, yoxud ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.4 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.4 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: docx