Tergovni rejalashtirish va tashkil etish Reja: 1. Tergovni rejalashtirish hamda tashkil etish tushunchasi va vazifalari 2. Rejalashtirish prinsiplari va turlari 3. Rejalashtirish hujjatlari Reja so'zi «O'zbek tilining izohli lug'ati»ga ko'ra, biror ishni tartibi bilan va o'z vaqtida bajarish uchun oldindan belgilab olingan aniq yoki taxminiy mo'ljal. Jinoyat ishi bo'yicha tergov qilish rejasi ish yuzasidan chin haqiqatni aniqlashga qaratilgan harakatlar ro'yxatini o'z ichiga olgan topshiriqdir. Jinoyatni tergov qilishni rejalashtirish deganda jinoyat-protsessual qonunchiligining talablari va hodisaning o'ziga xos shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda tergov vazifalarini, ularni yechish yo'llari va usullarini aniqlashga aytiladi. Bazan reja tuzish zarurligini inkor etuvchi tergovchilar uchrab turadi, bazi olimlar esa uni tuzish zarur ekaniga shubha bilan qaraydilar. Darhaqiqat, jinoyatni qanday qilib ochish kerakligiga doir aniq rejani biz qonundan topmaymiz. Tergovchi qo'llanishi lozim bo'lgan choralar va usullarni ilmiy tadqiqot ishida ham ko'rsatish qiyin. Ammo fan va amaliyotning taraqqiy etishi bunday qarashlarni rad etadi. Umuman olganda rejalashtirish tergovchining aniq bir maqsadga qaratilgan faoliyatini ta'minlaydi, u nima qilishi kerakligini, qachon, qaerda va qanday harakat qilishi zarurligini ko'rsatadi. Jinoyatlarni tergov qilish - bilish va anglab etishga doir boshqa faoliyatda bo'lgani singari, shunchaki faktlarni qayd etish emas, balki murakkab ijodiy jarayondir. Jinoyatni tergov qilish murakkab va ko'p mehnat talab qiluvchi jarayon bo'lib, tergovchidan yuqori saviyadagi tashkiliy va aqliy qobiliyatlarni talab qiladi. Tergov qilishning murakkabligi shundaki, dalillarni faqatgina yig'ish emas, balki har tomonlama tekshirish, o'rganib chiqish va ularni to'g'ri baholash zarur, chunki jinoyatchilar ko'p hollarda turli xil ayyorlik ishlatadilar: jinoyat izlarini yashiradilar, jinoyatga baxtsiz tasodif, o'z joniga qasd qilish yoki boshqa bir jinoyat ko'rinishini berishga harakat qiladilar hamda bazi hollarda jabrlanuvchi, guvoh va boshqalarga tazyiq o'tkazadilar. Jinoyat ishini tergov qilishda tergovchi hodisaning ayrim faktlari va holatlari o'rtasidagi mavjud aloqalarni aniqlash hamda bilib olish sari, hozirgi holatni bilishdan o'tmishni bilish sari boradi. Bunda tergov versiyalari tergovchiga yo'nalishni ko'rsatuvchi bo'lib xizmat qiladi. Ular rejalash asosi (o'zagi, yadrosi) bo'lib, harakatlar yo'nalishini, aniqlashtirish lozim bo'lgan savollar doirasini belgilagan holda tergov qilish jarayonida muhim o'rin tutadi. Versiyalar rejalashtirish jarayonining dinamikligini (jo'shqinligini) ta'minlaydi, chunki yangi versiyaning paydo bo'lishi tergov qilishda yuritilayotgan rejaga tegishli tuzatishlar kiritishni talab qiladi. Biroq, doimo esda tutish kerakki, versiya - bu taxmindir, u dalil emas, u nima bo'lgani haqida mas, nima bo'lishi ehtimolligi haqida darak beradi. Versiya ehtimol tutilgandan haqiqiyga sari borishda yordam beradigan tafakkur shaklidir, xolos. Protsessual qonun jinoyat ishi bo'yicha qaysi holatlar isbotlanishi kerakligi xususidagi to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatmani o'z ichiga oladi. Surishtiruvni, dastlabki tergovni o'tkazishda va sudda ishni muhokama etishda quyidagilar isbot qilinishi kerak bo'ladi: 1) ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.12 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.12 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: doc