Terrorizm tushunchasi, shakllari sabablari va unga qarshi kurash mexanizmlari Reja: Terrorizmning mazmun-mohiyati Ekstremizm va terrorizm - jamiyat barqarorligiga tahdid Yoshlarda ekstremizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro'yxati: Terrorizmning mazmun-mohiyati Ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari uzoq tarixga borib taqalsa-da, ular hech qachon ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyot uchun bugungidek tahdid solmagan. Zero, hozirda ekstremizm va terrorizm global xarakterga ega bo'lib, dunyoning barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solmoqda. Shunday ekan, uning oldini olish va unga qarshi kurashish insoniyatning istiqboliga daxldor masalaga aylangandi. Ekstremizm (lotin: «aql bovar qilmas darajada», «haddan oshish») jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid radikal qarashlar va harakatlarni anglatadi. Ularga diniy tus berish esa, ekstremizmga olib keladi. Diniy ekstremizm - jamiyat uchun an'anaviy bo'lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid g'oyalarni aldov va zo'rlik bilan targ'ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi. Ekstremistik qarashlarni barcha dinlarda, buddizm, xristianlik, islomdagi turli oqimlarda uchratish mumkin. Masalan, mutaxassislar katolik cherkovining erkin fikr yurituvchi, hukmron feodal-katolik cherkovi aqidalarini rad etuvchi kishilar - papa hokimiyati dushmanlarini ta'qib qilish uchun XII asrda tuzilgan va minglab odamlarning qurbon bo'lishiga olib kelgan inkvizit 8 siya faoliyatini ham ekstremizmning o'ziga xos ko'rinishi sifatida baholaydilar. Ammo hozirda islom dini niqobi ostidagi diniy-siyosiy harakatlar a'zolari tomonidan turli jinoyatlar sodir etilayotgani jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda. Fundamentalizm - (lotin: «asos») tushunchasining ma'nosi muayyan ijtimoiy hodisaning dastlabki ko'rinishini anglatadi. Diniy fundamentalizm - «ma'lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo'l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin», degan fikrni ilgari surish ta'limoti. «Fundamentalizm» atamasi aslida xristian dini bilan bog'liqdir. Fundamentalizm iborasi birinchi bor I Jahon urushi arafasida vujudga kelgan protestantizmdagi ortodoksal oqimlarni ifodalash uchun ishlatilgan. Bu oqim 1910-yildan keyin shu nom bilan atala boshlagan. Fundamentalistlar xristianlikning an'anaviy aqidalariga, ayniqsa Bibliyaning mutlaqo mukammalligiga ishonishni mustahkamlash, uni so'zma-so'z sharhlashga qat'iy rioya qilishni talab qildilar. Bu oqim keyinchalik Amerikada keng tarqalib ketdi. 1919-yili Filadelfiyada Jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi. 1983-yildan buyon AQSH Davlat departamenti analitik va statistik maqsadlardan kelib chiqib, terrorizmga quyidagicha ta'rif beradi: «Uyushgan, siyosiy ruh berilgan, biror-bir millat a'zolaridan iborat guruh yohud maxfiy agentlar vositasida, odatda ko'pchilikka ta'sir etishni maqsad qilgan holda tinch aholiga nisbatan sodir etilgan jinoyat». Bundan tashqari odatiy janglar, ommaviy qirg'inlar paytida askarlar tomonidan terroristik xurujlar va urushlarda kuzatiladigan jinoyatlar sodir bo'lib turadi. Qurshovlar chog'ida o'ldirish, genotsidlar yoki bir davlat hududidagi dushmanlar yuragiga g'ulg'ula solish maqsadida sahnalashtirilgan harakatlar ham ayni terrorizmdir. Shuningdek, agarda bunday harakatlar davlatga qarshi bo'lmasa, unda bunday diniy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.9 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.9 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: docx