O'zbekiston RespublikaSINING QONUNI (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 y., 1-2-son, 15-modda; O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2004 y., 25-son, 287-modda) Terrorizmga qarshi kurash to'g'risida UMUMIY QOIDALAR 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari Ushbu Qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini ta'minlash, davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat. 2-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi: garovga ushlab turilgan shaxs - qo'lga olingan yoki ushlab turilgan shaxsni ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, xalqaro tashkilotlarni, shuningdek ayrim shaxslarni biron-bir harakat sodir etishga yoki bunday harakat sodir etishdan tiyilishga majbur qilish maqsadida terrorchilar tomonidan qo'lga olingan yoki ushlab turilgan jismoniy shaxs; terrorizm - siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog'lig'iga xavf tug'diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy obyektlarning yo'q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur etkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko'zlab ig'vogarliklar qilishga, aholini qo'rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo'rlik, zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar; terrorchi - terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxs; terrorchilik guruhi - oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan, bunday harakatga tayyorgarlik ko'rgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilgan shaxslar guruhi; terrorchilik tashkiloti - ikki yoki undan ortiq shaxsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi; terrorchilikka qarshi operastiya - terrorchilik harakatiga chek qo'yish va uning oqibatlarini minimallashtirish, shuningdek jismoniy shaxslarning xavfsizligini ta'minlash hamda terrorchilarni zararsizlantirishga qaratilgan, kelishilgan va o'zaro bog'liq maxsus tadbirlar majmui; 3-modda. Terrorizmga qarshi kurash to'g'risidagi qonun hujjatlari Terrorizmga qarshi kurash to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurash to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi. 4-modda. Terrorizmga qarshi kurashning asosiy prinsiplari Terrorizmga qarshi kurashning asosiy prinstiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; shaxs huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi; jazoning muqarrarligi; terrorizmga qarshi kurash oshkora va nooshkora usullarining uyg'unligi; jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi o'tkaziladigan operastiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik. 5-modda. Terrorchilik faoliyatining oldini olish Terrorchilik faoliyatining oldini olish davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari, shuningdek korxonalar, muassasalar, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.28 MB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.28 MB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: ppt