Terrorizmning kriminologik tavsifi va uning oldini olishdagi profilaktika chora tadbirlari Reja: Terrorizmning umumiy tavsifi va oldini Terrorizmning yuzaga kelish sabablari Terrorchilarning shaxsi va ularning kriminologik tavsifi olishning profilaktik chora-tadbirlari Terrorizmning oldini olish Terrorizmning umumiy tavsifi va oldini Terrorizm hozirgi davrning eng xavfli va murakkab voqeligidir. Ushbu ijtimoiy muammoni hal etish uchun birinchi galda terrorizmning nimaligini, uning maqsadini, mohiyatini, nima uchun va kimlar tomonidan qanday vosita sifatida qo'llanishini aniq bilish maqsadga muvofiqdir. Ta'kidlash joizki, turli maqsad ko'zda tutilgan holda, davlat va siyosat arboblariga, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlariga hujum uyushtiriladi, zavod, fabrika, aloqa tarmoqlari, transport vositalarini yakson qilish va shu kabi xatti-harakatlar ham amalga oshirilishini ko'rish mumkin. Biroq qilinayotgan xatti-harakatlardan maqsad qo'rquv va dahshatni yuzaga keltirish bilan bog'liq. Bu esa terrorizmning o'ziga xos alomati bo'lib, unga asosan terrorizmni boshqa turdagi jinoyatlardan farqlash mumkin. Terrorizm u yoki bu obyektga jismoniy ta'sir o'tkazish va unga qarshi kurashayotgan tomonga ruhiy ta'sir etish kabilar orqali o'z raqibini zaif- lashtirish usulidir. Shu bilan birga, garchand maqsad aynan moddiy zarar yetkazishdan iborat bo'lsa ham (masalan, tijoratdagi raqibini yo'qotish maqsadida qilinsa), jismoniy tazyiq amaliy jihatdan bo'lmasligi ham mumkin va bunda hech kimga zarar yetkazilmasdan, kichikroq bir portlatish yoki kam miqdorda zarar yetkaziladi. Tabiiyki, bu holatni yuzaga keltirishdan asosiy maqsad ruhiy agressiyani ochiqdan-ochiq namoyish etishdir. Bu kabi namoyishkorona xatti-harakatlar terrorchining biror-bir moddiy manfaatdorlikni ko'zda tutmagan holda va faqat o'z mavqeini hamda qud- ratini ko'rsatishini ifodalashi mumkin. Ayrim terrorchilik harakatlari esa ramziy ma'noga ega bo'lib, dahshatga solinuvchi qurboniga emas, balki katta miqyosdagi ommaga ham o'z ustunligini ko'rsatishdan iboratdir. Hozirgi kunda «terrorizm» tushunchasini ifodalashga muayyan yon- dashuvning mavjudligini ko'rish mumkin. Shunga ko'ra, terrorizm quyidagicha talqin etiladi: ongli ravishda va muayyan tizim asosida kuch ishlatish bilan bog'liq xatti-harakatlar orqali siyosiy kurash olib borish taktikasi; nafaqat u yoki bu e'tiborli shaxsni jismonan yo'q qilish, balki hukumat yoki muayyan ijtimoiy guruhlarni dahshatga solish. Shu o'rinda alohida ta'kidlash joizki, kuch ishlatishni terrorchilik harakati deb bilish uchun, albatta, biror-bir shaxsni dahshatga solish alomati bo'lishi lozim. Shuningdek, ayrim xatti-harakatlar o'z vaqtida dahshatga solish bilan birga, boshqa maqsad (masalan, keraksiz shaxsni yo'q qilish)ni ham ko'zda tutishi mumkin. Zotan, aytish mumkinki, terrorizm zo'ravonlikdir va o'z ichiga boshqa birovga xavf solishni, vahimaga solish uchun rahmsizlarcha zo'ravonliklarni yuzaga keltirishni, davlat va jamoat tartibini buzish, hatto butunlay izdan chiqarish, qo'rquv uyg'otish, o'z foydasiga qarorga kelishi uchun raqibini majburlash, siyosiy va boshqa o'zgarishlarning sodir bo'lishiga erishishni qamrab oluvchi ijtimoiy illatdir. Terrorizm turli miqyoslarda, shu jumladan oliy siyosiy boshqaruv va xalqaro aloqalar miqyosida ham ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.26 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.26 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: doc