Tezkor - qidiruv faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni muhofaza qilish

Tezkor - qidiruv faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni muhofaza qilish

O'quvchilarga / Huquq
Tezkor - qidiruv faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni muhofaza qilish - rasmi

Material tavsifi

Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni muhofaza qilish Reja: 1.Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni muhofaza qilish. 2.Tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini surishtiruv, tergov organlari, prokurorga taqdim etish tartibi. 3.Tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini surishtiruv, tergov organlari, prokurorga taqdim etish to'g'risidagi qarorning mazmuni va uni qabul qilish tartibi. 4.Tezkor-qidiruv faoliyati jarayonida prokuror, tergovchi, surishtiruv organi hamda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ ustidan yuqori turuvchi organning vakolatlari. 2. Tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini surishtiruv, tergov organlari, prokurorga taqdim etish tartibi TQF natijalarini surishtiruv, tergov organlari, prokurorga taqdim etish TQF to'g'risidagi qonunda va TQF natijalarini surishtiruv, tergov organlari, prokurorga taqdim etish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. TQF natijalari jinoyat belgilari aniqlangani to'g'risida bildirgi yoki TQF natijalari to'g'risida ma'lumot ko'rinishida taqdim etiladi, ular TQFni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan tuziladi va belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkaziladi. TQF natijalarini ma'lumot ko'rinishida taqdim etish tartib-qoidalari quyidagilarni o'z ichiga oladi: - taqdim etilayotgan TQF natijalarida ifodalangan davlat sirlarini tashkil etuvchi ma'lumotlarni va ularni tashuvchilarni maxfiylikdan chiqarish zarurligi to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish; - zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirish va TQF natijalarini amalda taqdim etish. TQF natijalarini surishtiruv, tergov organlari, prokurorga O'zR JPKning 321 va 322-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tekshirish va protsessual qaror qabul qilish, shuningdek jinoyat ishiga qo'shib qo'yish uchun taqdim etish TQFni amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan tegishli qaror asosida amalga oshiriladi. Erkin realizatsiya qilish taqiqlangan yoki muomalada bo'lishi cheklangan predmetlar, moddalar va mahsulotni tekshirish uchun xarid qilish yoki nazorat ostida olishni, shuningdek tezkor eksperimentni o'tkazish jarayonida olingan TQF natijalari surishtiruv, tergov organlari, prokurorga taqdim etilganda, ularga TQFni amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan ushbu TQTni o'tkazish to'g'risidagi qaror ilova qilinadi. Agar tekshirish uchun xarid qilishni o'tkazish natijasida tayyorlana-yotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan g'ayriqonuniy qilmishni lozim darajada hujjatlashtirishning iloji bo'lmasa, uning natijalari jinoyat belgilari mavjud bo'lgan qayta tekshirish uchun xarid qilish materiallariga qo'shib qo'yiladi va tergovchi yoki prokurorga taqdim etiladi. Surishtiruv, tergov organlari, prokurorga fuqarolarning yozishmalar, pochta jo'natmalari, telegraf xabarlari va boshqa xabarlar sir saqlanishi, yashash joyi daxlsizligiga bo'lgan konstitutsiyaviy huquqlarini cheklaydigan, telefonlar va boshqa so'zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitish bilan bog'liq bo'lgan TQT natijalari taqdim etilgan holda, ularga prokurorning TQTni o'tkazish to'g'risidagi qarori nusxasi ilova qilinadi. Tezkor-texnika tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish taktikasi, bunda foydalaniladigan texnika vositalari, tezkor-texnika va tezkor-qidiruv bo'linmalarining shtatdagi yashirin xodimlari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan TQF natijalarini taqdim etish albatta tegishli tadbirlarning ijrochilari bilan kelishilishi lozim. TQF natijalari aks ettirilgan materiallarda mavjud ma'lumotlarni maxfiylikdan chiqarish talab etilgan holda, TQFni amalga oshiruvchi organ rahbari (boshliq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 58.46 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 58.46 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga