Tezkor-qidiruv faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirilishi Reja: Tezkor-qidiruv faoliyatini moliyalashtirish va moliyaviy mablag'larning sarflanishi ustidan nazorat Tezkor-qidiruv faoliyati ustidan nazorat tizimi Tezkor-qidiruv faoliyati ustidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nazorati Tezkor-qidiruv faoliyati ustidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nazorati Tezkor-qidiruv faoliyati ustidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nazorati Tezkor-qidiruv faoliyati ustidan idoraviy nazorat Tezkor-qidiruv faoliyati ustidan prokuror nazorati O'zbekiston Respublikasining Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risidagi Qonuni ijro etilishi ustidan prokuror nazoratini tashkil etish 1. Tezkor-qidiruv faoliyatini moliyalashtirishva moliyaviy mablag'larning sarflanishi ustidan nazorat Tezkor-qidiruv faoliyatini moliyalashtirish O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag'lari va tezkor-qidiruv faoliya-tini amalga oshiruvchi organlarning byudjetdan tashqari mablag'lari hiso-bidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi (TQF to'g'risidagi qonunning 24-moddasi). Ushbu mablag'lar faqat vazifasiga ko'ra, ya'ni TQTni o'tkazishga maqsadli ravishda va butun TQFni amalga oshirishga sarflanadi. O'tkazilgan har bir TQT bo'yicha TQFni amalga oshiruvchi organ xodimi mablag'larning sarflanishi to'g'risida tegishli hujjat tuzadi va bu haqda o'z rahbariga ma'lumot beradi. TQFni amalga oshiruvchi organ rahbari ushbu mablag'larning maqsadli sarflanishini tekshiradi va huquqni muhofaza qilish organi moliya xizmati uchun belgilangan muddatlarda bo'linma bo'yicha umumiy hisobot tuzadi. Huquqni muhofaza qilish organlarining moliya xizmatlari o'z navbatida TQFga ajratilgan mablag'larning TQFni amalga oshiruvchi bo'linmalarda sarflanishi ustidan moliyaviy nazoratni vaqti-vaqti bilan amalga oshiradi. TQF to'g'risidagi qonunning 25-moddasiga muvofiq, tezkor-qidiruv faoliyati uchun ajratilgan moliyaviy mablag'larning sarflanishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Shuni qayd etib o'tish lozimki, TQFni amalga oshiruvchi organlar tomonidan mablag'lar maqsadsiz, noto'g'ri, qonunga xilof ravishda sarflanishi uchun ushbu organlarning rahbarlari va xodimlari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladi. 2. Tezkor-qidiruv faoliyati ustidan nazorattizimi TQFni amalga oshiruvchi organlar tomonidan qonunning ijro etili- shi ustidan nazorat tizimi quyidagilarni o'z ichiga oladi: - O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan doirada amalga oshiriladigan TQF ustidan nazorat (umumiy nazorat); - TQFni amalga oshiruvchi organlarning rahbarlari va ular vakolat bergan mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan idoraviy nazorat; - O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladigan prokuror nazorati. Bundan tashqari, TQF to'g'risidagi qonunning 28-moddasiga muvofiq, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning qarorlari, mazkur organlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. Shu munosabat bilan ushbu organlar TQFni amalga oshiruvchi organlar tomonidan qabul qilinayotgan yoki qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini tekshirishlari mumkin. 3. Tezkor-qidiruv faoliyati ustidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nazorati O'zbekiston Respublikasi Prezidenti o'z vakolatlarini ham bevosita, ham O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni orqali amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga inson va ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
68 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
68 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: docx